Ushbu maqolada mahalliy farmatsevtika bozorida sedativ ta’sirga ega bo‘lgan preparatlarning nazariy va eksperimental asoslari bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Adabiyot ma’lumotlari umumlashtirilib, tizimlashtirilgan hamda import o‘rnini bosuvchi vositalar hajmini oshirishning maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, dorivor o‘simliklar asosida sedativ preparatlar yaratish va qo‘llash istiqbollarini baholash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari keltirilib, tabiiy xomashyo, jumladan, quruq ekstrakti asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sedativ ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yoritilgan
2025-11-30