Maqolada Janubiy-G‘arbiy Qizilqumda ovlanadigan suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning turlar tarkibi, yetakchi turkum, oilalar spektri, taksonomik tarkibi tahlil qilingan. Janubiy-G‘arbiy Qizilqumda ovlanadigan suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning 3 ta turkum, 4 ta kenja turkum, 5 ta oila, 8 ta turi uchrashi aniqlandi.