Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

KOMPANIYANING IQTISODIY SALOHIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISH USULLARI

Mazkur maqolada kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini strategik tahlil qilish usullari tahlil qilingan. Iqtisodiy salohiyat kompaniyaning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligini oshirish va bozor sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada strategik tahlil jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar va yondashuvlar, ularning amaliy ahamiyati hamda ustunliklari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish uchun SWOT, PESTEL, Porterning beshta kuchi modeli kabi strategik tahlil vositalaridan foydalanish samaradorligi baholangan. Shuningdek, kompaniyaning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini o‘rganish, raqamlashtirish imkoniyatlarini keng joriy qilish va xalqaro tajribani qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari kompaniyalar uchun strategik rejalashtirish jarayonini optimallashtirish, investitsion qarorlarni samarali qabul qilish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda amaliy ko‘mak sifatida foydalanilishi mumkin.

Mahbuba Murodova

148-153

2025-06-26

AXBOROT TAHLIL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH MEZONLARI

Axborot-tahlil faoliyati IIOda Axborot-tahlil ishini tashkil etishni, muvofiqlashtirishni, boshqarishni, shuningdek ularning natijalarini tahlil etadi hamda ularga baho beradi. Shuningdaek, boshqaruv va axborot-tahlil jarayonidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, ularga ta’sir qiluvchi omillarni, IIO kuch va vositalarining faoliyatini tashkil etish , muvofiqlashtirish va boshqarish usullari, shakllari va mexanizmlarini izohlab beradi. Shu  bilan birgalikda IIOda boshqaruvni tashkil etish, muvofiqlashtirish sohasida keltirib chiqaradigan oqibatlarni oldindan bashorat qiladi, IIOning boshqaruv va axborot-tahlil ishini samarali tashkil etish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligini ko’rsatib beradi

Rasul Raxmonov , Temurbek Jumanazarov

79-82

2025-11-22

TURISTIK XIZMATLAR BOZORINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada turistik xizmatlar bozorining nazariy va metodologik asoslari kompleks ravishda tahlil qilingan. Ishda turistik xizmatlar bozori tushunchasi, uning tuzilishi, shakllanish mexanizmlari, taklif va talab, narx hamda raqobat kabi iqtisodiy kategoriyalar kontekstida yoritib berilgan. Turizm sohasiga xos bo‘lgan marketing yondashuvlar, xizmat sifatini baholash mezonlari va zamonaviy strategik boshqaruv modellari ham o‘rganilgan. Tadqiqotning metodologik asosini statistik tahlil, solishtirma tahlil, iqtisodiy-modellashtirish hamda PESTEL va SWOT tahlil usullari tashkil qiladi. Amaliy qismda O‘zbekiston turizm xizmatlari bozorining rivojlanish holati, mavjud muammolar va istiqbollari tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ozoda Ochilova

137-140

2025-06-30

XARTLI FORMULALAR VA UNING TADBIQI

Xartli formulasi - iqtisodiyot, menedjment va boshqa ijtimoiy fanlarda qoʻllaniladigan muhim tushuncha. U asosan strategik rejalashtirish, qaror qabul qilish va resurslarni taqsimlash bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatlarni tahlil qilishda ishlatiladi. Bu formulani koʻplab sohalarda, jumladan, marketingda, mahsulot rivojlantirishda, muvozanatli koʻrsatkichlarni aniqlashda va boshqa koʻplab strategik yoʻnalishlarda qoʻllash mumkin. Xartli formulasi asosan beshta asosiy elementdan iborat: muammo, imkoniyatlar, alternativalar, taʻsir va natijalar. Ushbu elementlar har bir muammoni yanada chuqurroq tushunishga va eng samarali yechimni topishga yordam beradi. Navi muammo aniqlangandan soʻng, iqtisodiy imkoniyatlar va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bu bosqichda raqobatchilar, bozor talabi va isteʻmolchilar xulq-atvori kabi omillar hisobga olinadi. Shuningdek, alternativalar ishlab chiqiladi. Har bir muammo uchun bir necha yechim taklif etiladi va zararli yoki foydali natijalar bilan bogʻliq boʻlgan ehtimollar tahlil qilinadi. Bu jarayon qaror qabul qilishda muhimdir, chunki har bir alternativaning oʻziga xos afzalliklari va kamchiliklarini koʻrish imkonini beradi.

Sarvara Itolmasova , Malika Nurullayeva , Muhiba Yaxiyaxonova

33-36

2025-01-13

KOMPANIYANING IQTISODIY SALOHIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISH USULLARI

Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning uzoq muddatli muvaffaqiyati ularning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash va samarali strategik tahlil qilish qobiliyatiga bog‘liq. Raqobatning keskinlashuvi, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi hamda texnologik taraqqiyot kompaniyalardan innovatsion yondashuvlar va strategik rejalashtirishni talab etmoqda. Shu sababli, kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini strategik tahlil qilish nafaqat uning hozirgi moliyaviy holatini baholash, balki kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahbuba Murodova

34-36

2025-02-28

HUDUDLAR RIVOJLANISHINI STRATEGIK TAHLIL QILISH VA REJALASHTIRISH METODIKASI

Maqolada hududlar rivojlanishining strategik tahlil jarayoni turli xil metodlarda o'z aksini topgan bo’lib, turli xil yondashuvlar yordamida asoslab berilgan.

Mamayoqubova Shahlo Obloqulovna, Shaxzoda Izatullayeva

73-75

2022-02-18

XITOYDA TASHQI MIGRATSIYA TENDENSIYALARINING 2020–2024 YILLARDAGI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: STATISTIK VA TIZIMLI TAHLIL

Ushbu maqolada 2020–2024 yillar davomida Xitoyda tashqi migratsiya jarayonlarining institutsional va transformatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Migratsiya siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan hukou tizimidagi islohotlar, shahar va qishloq o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda migrantlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar asosida tashqi migratsiyaning viloyatlar kesimidagi dinamikasi ko‘rib chiqilib, migratsiya oqimlarining intensivligi, yo‘nalishi va ijtimoiy integratsiya omillari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalaridagi mehnat talabi bilan bog‘liq transformatsion o‘zgarishlar, migrantlarning ijtimoiy maqomi va iqtisodiy imkoniyatlarida yuzaga kelgan yangilanishlar bilan bog‘lanadi. Xulosa sifatida esa migratsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Z. Mо‘minоv

7-12

2025-07-07

OʻZBEKISTONDA MILLIY HISOBLAR TIZIMI, HOLATI VA ISTIQBOLLAR

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining shakllanish jarayoni, uning hozirgi holati hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Milliy hisoblar tizimining mamlakat iqtisodiyotini baholashdagi ahamiyati, yalpi ichki mahsulot va boshqa asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola iqtisodiy tahlil, rejalashtirish va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi talabalar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Ushbu ishda Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamda amaldagi holati yoritilgan. Milliy hisoblar tizimi orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash, yalpi ichki mahsulot, daromadlar va xarajatlar ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy hisoblar tizimini takomillashtirishda uchrayotgan muammolar va ularni hal etishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiyotni boshqarish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

M.A. Samiyev, Hojiakbar Mamadaliyev

52-56

2026-01-26

DIRECT COSTING VA ABSORPTION COSTING TIZIMLARINING AFZALLIKLARI VA FARQLI JIHATLARI AMALIY MISOLDA

Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlar hisobini yuritish tizimining tanlanishi narx belgilash, rentabellikni tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada direct costing (o‘zgaruvchan xarajatlar) va absorption costing (to‘liq yutuvchi xarajatlar) tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va afzalliklari tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi va empirik tadqiqotlar bu tizimlarning boshqaruv va moliyaviy hisobotdagi rolini yoritadi. PULP AND PAPER MCHJ misolida olib borilgan solishtirma tahlil har ikkala tizimning iqtisodiy asoslanganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, direct costing qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda va narx siyosatida samarali bo‘lsa, absorption costing tizimi moliyaviy hisobot va soliq hisoboti yuritishda zarurdir. Maqola O‘zbekistonning ishlab chiqarish sektorida ushbu tizimlarni gibrid shaklda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Kholisa Kuldosheva

152-156

2026-02-09

YO‘L QURILISH KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNING AHAMIYATI

Yo‘l qurilish sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlashda moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi va tahlil qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy hisobotlar korxona faoliyatining haqiqiy holatini ko‘rsatadi, qaror qabul qiluvchilar uchun ishonchli ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi hamda investorlar va moliyaviy institutlar bilan samarali hamkorlik uchun zamin yaratadi. Mazkur tezisda yo‘l qurilish korxonalarida moliyaviy hisobotlarning vazifalari, asosiy turlari (balans, foyda va zarar hisobi, pul oqimlari hisobi), ularning tahlil qilish metodlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida ayrim yo‘l qurilish korxonalarining hisobot yuritishdagi kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqotda tahliliy va solishtirma metodlardan foydalanilib, moliyaviy axborotlarning korxona ichki boshqaruvi, strategik rejalashtirish va davlat nazoratida tutgan o‘rni yoritilgan.

Dilshodjon Raximov

97-100

2025-05-28

ZIYORATGOHLAR BILAN BOG‘LIQ MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA TAHLIL QILISHDA MARKETING AXBOROTLAR TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Milliy turistik bozorlarimizda marketing axborot tizimi – unumli va samarali strategik marketing qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy ma’lumot va axborotlarni jamlash, tahlil etish, tartibga tushurish, baholash va tegishli kanallar orqali тқдим этишда 3D ва бошқа замонавий технологиялар дан самарали фойдаланиш талаб этилади. Muntazam harakatdagi resurslar va usullar majmuasining marketing axborot tizimi tuzilmasini to‘rtta asosiy blokka ajratib ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi. Yа’ni: ichki axborotlar tizimi; marketing axborotlarini tahlil qilish tizim; bozor xolati bo‘yicha marketing kuzatuvi tizimi; markaziy mxsus marketing tadqiqotlari tizimi.

Anvar Xudoyarov

111-116

2025-03-18

RAQAMLI INNOVATSIYALAR ASOSIDAGI BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA STEM: KELAJAK KO‘NIKMALARI UCHUN ZAMIN YARATISH

Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda STEM asosidagi o‘qituv tizimlarini mustahkamlashda raqamli innovatsiyalarning o‘rnini chuqur ilmiy tahlil qiladi. Texnologik taraqqiyotning tezlashuvi va u bilan bog‘liq holda erta bolalik davrida ta’lim jarayonlarining tobora raqamlashib borayotgani inobatga olinib, mazkur tadqiqot STEM o‘qitish samaradorligini oshiruvchi raqamli vositalar, metodlar va infratuzilma yo‘nalishlarini baholaydi. Xalqaro tajribalar, turli madaniy pedagogik yondashuvlar va zamonaviy psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadigan ushbu maqolada kodlash platformalari, robototexnika to‘plamlari, sun’iy intellektli o‘quv yordamchilari, virtual laboratoriyalar va gamifikatsiyalashgan o‘quv texnologiyalari orqali o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalar shakllanishi o‘rganiladi. Tahlil davomida turli ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy kontekstlardagi yutuqlar va mavjud tizimli muammolar ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari siyosat ishlab chiquvchilar, pedagoglar va o‘quv dasturlarini tuzuvchilar uchun amaliy tavsiyalar beradi. Umuman olganda, maqola shuni ko‘rsatadiki, raqamli integratsiya strategik tarzda va zaruriy pedagogik qo‘llab-quvvatlash bilan joriy etilgan taqdirdagina, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va emotsional intellekt kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Nargiza Xudoyberdiyeva

116-119

2025-07-21

“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ FAOLIYATINING MOLIYAVIY KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISH

Bugungi kunda transport-logistika tizimi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mamlakat ichki va tashqi yuk aylanmasida, shuningdek yo‘lovchi tashishda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning moliyaviy holatini o‘rganish va tahlil qilish dolzarb masala sanaladi. Mavjud moliyaviy ko‘rsatkichlar (daromad, foyda, aktivlar rentabelligi, likvidlik, qarz yuklamasi va boshqalar) asosida jamiyatning barqarorligi, investitsion jozibadorligi hamda samarali boshqaruv darajasi aniqlanadi.

Ulug'bek Eshboyev

85-86

2025-04-21

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRINI STATISTIK TAHLILI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri statistik tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda sanoat, xizmat ko‘rsatish va moliya sektorlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi bilan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ma’lumotlar bazasi sifatida rasmiy statistika materiallari va tarmoqlar kesimidagi dinamik qatorlar asosida iqtisodiy-statistik modellar quriladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonining hududiy xususiyatlari hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri omillar kesimida baholanadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategik qarorlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Farrux Meyliyev

95-98

2026-01-28

“XORAZM VILOYATIDA INSON KAPITALIGA SARMOYA VA UNING IJTIMOIY NATIJALARI”

Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Inson kapitali – bu aholi salohiyatini, bilim va malakasini rivojlantirish orqali hududning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi resursdir. Ushbu tezisda Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan ta'lim, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoridagi investitsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sarmoya natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy natijalar – aholining farovonligi, ish bilan ta’minlanish, ijtimoiy adolat va mahallalararo rivojlanish farqlari ham o‘rganiladi. Tezisda inson kapitalining turlari (faol, passiv va manfiy kapital) va ularning hudud rivojiga ta’siri sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish strategik resurs sifatida ijtimoiy taraqqiyotga sezilarli hissa qo‘shishi asoslab beriladi.

Dinora Yusubboyeva

94-96

2026-02-09

LOYIHANING BIZNES-REJASI VA UNING TARKIBIY TUZILISHI

Ushbu maqolada loyihaning biznes-rejasini ishlab chiqish va uning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Biznes-reja har qanday loyiha muvaffaqiyatining asosi bo‘lib, u loyihaning maqsad va vazifalarini belgilaydi, moliyaviy va strategik ko‘rsatkichlarni aniqlaydi hamda amalga oshirish jarayonlarini rejalashtiradi. Maqolada biznes-rejaning tarkibiy qismlari, jumladan, loyihaning qisqacha tavsifi, marketing strategiyasi, ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy tahlil va xavf-xatarlarni baholash kabi masalalar batafsil yoritilgan.

Husniddin Normurodov , Shoira Choriyeva

177-180

2024-12-28

PEDAGOGIK-FALSAFIY FANLAR HAMKORLIGI ASOSIDA BO‘LAJAK XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINING AXBOROT-TAHLILIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada pedagogik va falsafiy yondashuvlar integratsiyasi asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining axborot-tahliliy kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-nazariy asoslar va amaliy mexanizmlar tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhiti sharoitida o‘qituvchilarning axborotni izlash, qayta ishlash, tahlil qilish va asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy pedagogik jarayonning strategik vazifasi sifatida qaraladi. Tadqiqotda falsafiy tafakkur madaniyati, mantiqiy tahlil, konseptual yondashuv hamda pedagogik innovatsion metodlarning uyg‘unlashuvi asosida ishlab chiqilgan metodika taklif etiladi. Modulli yondashuv, interfaol muloqot, media-analiz, raqamli platformalar va kognitiv faoliyatni kuchaytiruvchi topshiriqlar bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining tahliliy kompetentligini oshirishning samarali omillari sifatida baholanadi. O‘tkazilgan amaliy ishlar mazkur kompetentlikni rivojlantirish pedagogik jarayon sifatiga va kelajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda.

Elnura Xolmatova

7-9

2025-11-26

VIZANTIYA IMPERIYASINING MAXFIY QUROLI: YUNON OLOVI VA ZAMONAVIY INTELLEKTUAL MULK

Ushbu maqolada Vizantiya imperiyasining harbiy texnologiyalaridan biri – Yunon olovi misolida sirli ixtiro va uning strategik ahamiyati yoritiladi. Maqola Yunon olovining yaratilish tarixi, uning tarkibi va qo‘llanilishi, shuningdek, uni himoya qilish mexanizmlarini zamonaviy intellektual mulk huquqi, xususan tijorat siri va nohau (know-how) tushunchalari bilan bog‘laydi. Vizantiyaliklarning texnologiyani maxfiy saqlash strategiyasi hozirgi kompaniyalar tomonidan qo‘llanilayotgan yuridik mexanizmlar – maxfiylik shartnomalari, axborotga cheklangan kirish tizimi va jazolash siyosati bilan o‘xshash jihatlarga ega ekani tahlil qilinadi. Bu tarixiy yondashuv bugungi kunda intellektual mulkni boshqarishdagi muhim tamoyillar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Shoxruxbek Ubaydullayev

25-27

2025-05-05

YO‘G‘ON ICHAK ADENOKARSINOMASINI ENDOSKOPIK VA MORFOLOGIK DIAGNOSTIKA KORRELYASIYASI: O‘ZBEKISTONDAGI EPIDEMIOLOGIK TENDENSIYALAR VA SKRINING TEKSHIRUVI

Yo‘g‘on ichak adenokarsinomasi butun dunyoda eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning diagnostikasi va erta aniqlanishi davolash samaradorligini oshiradi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida adenokarsinoma statistikasi, skrining tekshiruvlari va epidemiologik tendensiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, endoskopik va morfologik diagnostika usullari o‘rtasidagi korrelyatsiya ko‘rib chiqiladi. Boshqa davlatlar, jumladan, AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan solishtirish orqali kasallikning global tarqalishi, profilaktika strategiyalari va davolash amaliyoti muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari adenokarsinoma aniqlanishi va erta skrining dasturlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola statistika, epidemiologiya va diagnostika metodlarini ilmiy asosda tahlil qilgan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi strategik qarorlar uchun ma’lumot beradi.

Gulmira Bazarbaeva , Sodiq Madaminov

80-85

2025-12-23

1 - 19 of 19 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy