Ma’lumki bugungi kunda tovarlarini ko’paytirish ularning sifatini yaxshilash davlat andozalarga muvofiqlashtirish hozirda eng dolzarb masalalardan biridir. Tovarlarni sifatini tavfsiflovchi kod raqamlari bo’lib, ular xuquqiy xarakatni ta’minlovchi xujjatlarni rasmiylashtirishga imkon beradi. Tovarlarning tarkibi, tuzulishi, xossalari ularning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo’llaniladigan kodlarda o’z aksini topgan. Maqsadimiz: meva sharbatlarining sifat ko’rsatkichlarini o’rganishning davlat andozalaridagi xolatini taxlil etgan xolda ularning Tashqi Iqtisodiy faoliyat Tovar Nomenklaturasida sinflanishini o’rganishdan va ularni sifatini tadqiq etish usullarini tizimini yaratishdan iborat. Tovar sifatini ifodalovchi kod raqamlarini ishlab chiqish, sinflashda tarkib bilan bog’liq muammolarni xal etish va iqtisodiy samaradorlikga erishishga olib keladi.