Maqolada termin tushunchasi mutaxassislik tili uchun lingvistik tavsif obyekti sifatida oʻrganilgan. Terminning yuzaga kelishi jarayoni, uning xususiyatlari, hozirgi holati, xususan, ushbu tushunchaning lingvistik mohiyati koʻrsatilgan, shuningdek, terminning terminologik tizimida tushuncha sifatida belgilovchi mezonlarga aniqlik kiritilgan.