Maqolada balogʻat yoshidagi bolalarning telefon va kompyuterdan ortiqcha foydalanish jarayonida organizmda yuzaga keladigan neyrofiziologik, endokrin va jismoniy oʻzgarishlar mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda elektromagnit nurlanishlarning miya faoliyatiga, qon bosimiga va asab tizimiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, telefonlardan uzoq muddat foydalanish inson organizmida turli kasalliklarning, jumladan, saraton xastaligining rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, maqolada telefonlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, ya’ni so‘zlashuv vaqtini cheklash, tunda o‘chirib qo‘yish, bolalardan uzoqda saqlash kabi gigiyenik tavsiyalar berilgan.