Ushbu maqolada Toshkent shahrining qadimgi davrlardan boshlab shakllanishi va rivojlanish bosqichlari arxeologik manbalarga tayangan holda tadqiq etiladi. Shahar taraqqiyotining Shoshtepa (mil. avv. VI–I asrlar), Mingo’rik (mil. avv. II – mil. I asrlar, ilk o‘rta asrlar), Yunusobod Oqtepa (o‘rta asrlar) bosqichlari izchil tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida Toshkent vohasining urbanizatsiya jarayonlari, qadimgi dehqonchilik madaniyati, sug‘orish tizimlari, hunarmandchilik markazlarining shakllanishi, shahar hududining kengayish dinamikasi ilmiy manbalarga tayangan holda yoritiladi..