Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkiya davlatining Turkiston mintaqasida mustaqillik g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan siyosiy, mafkuraviy hamda ma’naviy hissasi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati, Usmoniylar imperiyasi bilan aloqalar, panislomizm va panturkizm g‘oyalarining Turkiston ziyolilari ongiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Turkiya tajribasining Turkiston milliy ozodlik harakatiga ta’siri ochib beriladi.