Kelgusi 5 yilda aholimiz soni 40 milliondan ortishi kutilayotganligi va bunday demografik oʼsish, albatta, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalar bilan bir qatorda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham jiddiy etibor talab qilinishi bilan bir qatorda oldimizga yangi-yangi, ulkan vazifalarni qoʼyadi. Aholi soni ortib borishi va uning yashash uchun zaruriy ehtiyojlari, havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, choʼllanish, qazilma yoqilgʼilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning koʼpayishiga ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʼligʼiga zarar yetkazmoqda.