Bu maqolada Erkin A`zamning asarlarida uchrovchi og`zaki nutqqa xos leksik va grammatik vositalardan uslubiy foydalanishi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uslubda ishlatiladigan faol so‘zlar lug‘at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so‘zlar uyda, ko'chada, ishxonada, bozorda, to‘y-tomoshada islilatiladi. So'zlashuv uslubda qo‘llanadigan asosiy so‘zlar; osh, non, suv, don, ovqat, tuz, shakar, go'sht, yer, osmon, quyosh, ona, bola, ota kabilar uslubiy bo‘yoqsiz bo'lgani uchun neytral so‘z hisoblanadi. Lekin bu stilda yana shunday so‘zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo'yoqqa ega bo‘ladi. Tilning leksikasi eng nozik ma'no va stilistik ottenka (tur)lar bilan informatsiya berishda juda katta imkoniyatlarga ega