XVIII asr maʼrifatchilik davridagi Angliya adabiy jarayonidagi qarama-qarshiliklar adabiyotda turli yoʻnalishlar va jahrlar shakllanishi va rivojiga yordam berdi. Epistolyar asarlar rivoji ham aynan shu davrga to’g’ri kelib, ular mualliflar hayoti va ijodi, turli jihatlarga qarashlari haqida ma’lumot manbai bo‘lgan. Bu davrda ingliz yozuvchilarining koʻplab asarlari epistolyar uslubda yozilgan. Xususiy xatlar estetik jihatdan badiiy epistolyar asarlar darajasida ahamiyatiga ega bo'lgan va yuksak baholangan. Epistolyar asarlarning xususiyatlari borasidagi tadqiqotlar ingliz mualliflarining individual xususiyatlarini, shuningdek, umuman ushbu uslubning mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Shu boisdan ham bu davr epistolyar asarlarini o‘rganish adabiyotshunos olimlarda alohida qiziqish uyg‘otadi.