Ijtimoiy tarmoq yozishmalaridagi til birliklari shaxsning ruhiyati va xarakter xususiyatlarini ifodalashda juda muhim sanaladi. Yozishmalardagi til birliklari insonlarning qanday fikrlashini, munosabatlarini, his-tuyg'ularni ko'rsatadi va tilshunoslikda bu tahlil zamonaviy va dolzarb sohalardan biri sanaladi.Ijtimoiy tarmoq yozishmalaridagi til birliklarida ifodalangan shaxslarning ruhiy holatini lingvistik tahlil qilish tilshunoslik va psixologiya sohalarining hamkorligini talab qiladi. Ruhiy holat va temperament atamalari o`xshash tushuncha sifatida qaraladi. Ammo bu ikki atama alohida tushunchalar hisoblanadi.Temperament tug`ma psixologik xususiyat bo`lib, kishilarning umri davomida o`zgarmas bo`ladi. Ammo xarakter o`zgarishi natijasida temperament bir muddat o`zgargandek ko`rinishi mumkin. Ruhiy holat esa kishilarda ichki va tashqi omillar ta`sirida ma`lum bir muddat kuzatiladigan psixologik jarayondir.
2025-05-29