Mazkur maqolada buyuk mutasavvif shoir Boborahim Mashrabning hayoti va ijodi adabiy-tasavvufiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda shoirning asarlarida aks etgan ilohiy ishq, ruhiy ozodlik va insoniylik g‘oyalari ilmiy asosda yoritiladi. “Mabdai nur” masnaviysi, g‘azallari hamda xalqona qo‘shiqlari misolida Mashrabning tasavvufiy qarashlari, adabiy uslubi va badiiy mahorati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, uning davrdoshlari bilan ziddiyatlari, qatl qilinishi va xalq ongida “erkin ruh ramzi” sifatida shakllanishi tahlil etiladi. Maqola Mashrab merosining bugungi davr uchun ham dolzarbligini ko‘rsatadi.
2025-12-09