Anemiya (kamqonlik) – bu qonda gemoglobin yoki eritrositlar miqdorining kamayishi natijasida to‘qimalarga kislorod yetkazib berishning buzilishidir. Asosiy belgilari charchoq, rang oqarishi, bosh aylanishi va nafas qisishidir. Eng keng tarqalgan turi temir tanqisligi anemiyasidir; davolash sababga ko‘ra (temir preparatlari, ovqatlanishni to‘g‘rilash) amalga oshiriladi. Ushbu kasallik dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Tezisda anemiyaning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va profilaktik choralari yoritilgan.