Ma'lumki, har qanday o'quv fanining mazmunini biror metodsiz o'quv jarayonida tushuntirib bo'lmaydi. Shuning uchun falsafiy nuqtayi nazardan qaralganda o'qitish metodi dars mazmunining o'quv jarayonidagi harakat shaklidir. Kimyo — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xosil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Anorganik kimyo dorishunoslikda alohida o`rin tutadi. Chunki barcha dorilar borki, hammasi kimyoviy tuzilishga ega, o`zida kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Dori vositalarni olish, strukturasini isbotlash, sifat va miqdoriy tahlil qilish va ularni standartlashda kimyo fanining ahamiyati bеqiyosdir. Anorganik kimyo fanidan ta'lim tеxnologiyasi dars mashg`ulotlarida yangi tеxnologiyalarni qo`llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqildi.