Bugungi kunda Qarshi shahri ekotizimi avtotransport harakatining ortishi, sanoat korxonalari faoliyati kengayishi va iqlim о‘zgarishi tufayli kuchli ekologik bosimga duch kelmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan SO2, NO2, CO kabi gazlar hamda chang zarrachalarining yuqori konsentratsiyasi shahar havosining sanitar-gigiyenik holatini yomonlashtirib, aholi salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Bunday vaziyatda daraxtlarning havoni tozalashdagi roli beqiyos bо‘lib, ular atmosferani ifloslantiruvchi moddalarni о‘ziga singdirishi, barg yuzasida ushlab qolishi va biokimyoviy neytrallashi orqali tabiiy filtr vazifasini bajaradi.
2025-12-08