Maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan o‘g‘irlik jinoyatining huquqiy, kriminalistik va kriminologik tavsifi Samarqand viloyati tuman-shahar IIB tergov organlarida 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida qo‘zg‘atilib, tergov qilingan jinoyat ishlari tahlili asosida bayon etilgan. Shuningdek, sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarining maqsadi, sabablari, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muayyan jinoyat ishlari doirasida o‘rganilib tahlil qilingan.