Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o’rni, ma’suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag’ishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.