Maqolada biostimulyatorlarning ovqat hazm qilish tizimining proteolitik va amilolitik fermentlarning faollashuviga ta’siri tufayli oqsil va uglevodlar gidrolizini tegishli darajada oshirishiga oid natijalar keltirilgan. Jumladan, 9-18 oylik qoramollarning ratsioniga biostimulyatorlarni qo’llash ovqat hazm qilish mexanizmini optimalllashtirish orqali oraliq metabolizmni yaxshilashga yordam berishi aniqlandi. Qonning biokimyoviy taxlili o’tkazilib, biostimulyatorlarning immun tizimiga ta’sir mexanizmlari o’rganildi.
2024-03-25