XXI asr boshidan boshlab global miqyosda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi — raqamli sivilizatsiya davrini boshlab berdi. Bu jarayon nafaqat iqtisodiyot va boshqaruv tizimlarini, balki jamiyatning tarixiy ongini, madaniy xotirasini va o‘tmishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirdi. Avvallari madaniy meros asosan moddiy obyektlar — me’moriy obidalar, muzey eksponatlari va arxiv hujjatlari orqali anglangan bo‘lsa, bugungi kunda u raqamli makon orqali qayta talqin qilinmoqda.