Birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sharq dunyosida milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashlar avj oldi. Ma’lumki, Turkiya (Usmoniylar saltanati) Germaniya tomonidan urush harakatlariga kirib, Uchlar ittifoqi yengilganidan so‘ng o‘z milliy birligini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Hatto mamlakat poytaxti Istambulni Angliya egallab oldi. 1918-yil oxiridan Turkiyadagi ozodlik kurashiga turkiy xalqlarning buyuk farzandi Mustafo Kamol Posho boshchilik qilib, 1920-1923-yillarda u tuzgan «Anqara muvaqqat hukumati» mustamlakachilarni (asosan Angliya va Italiya harbiy kuchlari) ona-Vatan tuprog‘idan haydab chiqardi.
2024-10-10