Ushbu maqolada fazoda berilgan to‘g‘ri chiziq va tekislik orasidagi o‘zaro joylashuv (kesishish, parallel bo‘lish, chiziqning tekislik ichida yotishi) determinant va gradient tushunchalari yordamida tahlil qilinadi. Tekislik sath funksiyasi uchun gradient vektori va chiziq tenglamasi parametri asosida yangi tasniflovchi funksiya kiritiladi. Shuningdek, chiziq va tekislik kesishish nuqtasini determinantlar orqali, Kramer qoidasi yordamida ifodalovchi formulalar beriladi. Natijada chiziq–tekislik munosabatlarini klassifikatsiya qiluvchi yangi teorema isbotlanadi. Taklif etilgan yondashuv fazoviy modellashtirish, hisoblash geometriyasi va kompyuter grafikasi sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
2025-11-30