Didaktik o‘yinlar orfografik malakalarni shakllantirishda samarali metodik vosita hisoblanadi. O‘yinlar yordamida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar, orfografiya qoidalarini o‘zlashtiradilar va xatolarni tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bunday o‘yinlar nafaqat bilimlarni o‘rganishni yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi.
2024-11-12