Mazkur maqolada multilingualizm tushunchasining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Ana Deumert (2011) tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv asosida tilning individual va ijtimoiy darajadagi ko‘rinishlari, kod almashtirish hodisasi, diglossiya, tilni saqlash va almashish jarayonlari hamda ko‘pmadaniyatlilik siyosati bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ko‘pmillatlilik nafaqat tabiiy lingvistik holat, balki ijtimoiy integratsiya va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlovchi muhim omildir.