Paragrip kasalligi qo’zg’atuvchisining taksonomiyasi; Paramyxoviridae oilasi, Respirovirus avlodi, (Paramyxovirus oldin shu avlodga kiritilgan) ,paragrip virusi. Grip kasalligi qo’zg’atuvchisining taksonomiyasi; Orthomyxoviridae oilasi, Influenzavirus avlodi, Influenzavirusning A,B ,C tiplari. Grip virusining 3xil tipi mavjud bo’lib, har birining o’ziga xos diagnostikasi va klinik ko’rinishlari mavjud. Har bir virusli infeksiyalarning diagnostikasi va ularni davolashning o’ziga xos usullari mavjud. Bular ekspress, rinotsitoskopiya, ekspress-diagnostika va virusologik tekshiruvlardir.