Dunyoda faqat o‘z lisoniy birliklaridan tashkil topgan birorta ham sof til yo‘q. Boshqa tillardan o‘zlashgan lisoniy birliklar ham ekstralingvistik ham intralingvistik xususiyatlarga egaligi bilan tilning o‘z lisoniy birliklaridan farq qiladi: o‘zlashmalarning o‘zga tilga o‘tishi, uning usul va sabablari ekstralingvistik xarakter kasb etsa, ularning o‘zga tildagi lisoniy amali intralingvistik xarakter kasb etadi. Ushbu ilmiy maqola aynan neologizmlarning ekstralingvistik va intralingvistik omillar asosida vujudga kelishini yoritib beradi.
2023-05-04