Mazkur maqolada geometriyaning planimetriya va stereometriya bo’limlarini o’qitishda o’quvchilarga o’rgatiladigan masalalar juda ham ko’p, bo’lib ular orasidan aynan fazoviy tasavvurni shakllantiradigan va rivojlantiradigan tiplari haqida ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, umumlashtiruvchi masalalar o’quvchilarning geometriyaga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, ularning masalalarni mustqail yechishga kirishib ketishini, chizmalarni chizish orqali fazoviy tasavvurlarining rivojlanganligini, hayotiy masalalarni goemetrik nuqtayi nazardan hal qilishni bilib olishadi. O’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish mexanizmlari sifatida: Fazoda to‘g‘ri chiziqlarning o‘zaro joylashuvi(Fazoda biror bir tasvir ifodalangandan so‘ng uning shakliga turli xil to‘g‘ri chiziqlar joylashganligi aniqlanadi. Yo‘naltirilgan savollar asosida figuradagi to‘g‘ri chiziqlarning joylashuvi aniqlanadi); To‘g‘ri chiziq va tekislikning parallelligi(Berilgan figuradagi mavjud chiziqlar va tekisliklarning qanday joylashganligi, va ularning soni parallel va parallel bo‘lmagan chiziqlarning mavjudligi va ular soni yo‘naltiruvchi savollar orqali fazoviy tasavvurlari rivojlantiriladi); Tekisliklarning parallelligi(Tasvirlanayotgan jismning teikslik va fazodagi xususiyatlari(alomatlari)ni ko‘rsatish talab etiladi. Bunda yo‘naltirilgan savollari orqali fazodagi tekisliklarning o‘zaro parallelligi, qanday joylashganligi aniqlanadi); To‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikulyarligi vaziyatlar nazarda tutilgan. Bu yerda har bir vaziyat uchun misollar keltirilgan bo’lib, ularning chizmasini chizish o’quvchilarda shakllangan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.