Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ARTERIAL GIPERTENZIYA (YUQORI QON BOSIMI) VA UNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

ushbu tezisda arterial gipertenziya — yuqori qon bosimining shakllanish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va fiziologik asoslari tahlil qilinadi. Gipertenziya yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida markaziy asab tizimi, buyrak faoliyati, endokrin omillar hamda periferik qon tomirlarning tonusi muhim o‘rin tutadi. Patogenezda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, simpatik asab tizimining faollashuvi, suyuqlik va tuz balansining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertenziya erta tashxis qo‘yish va fiziologik mexanizmlarni chuqur o‘rganish orqali samarali nazorat qilish mumkin. Tezisda gipertenziyaning klinik ahamiyati, profilaktik choralar hamda davolashda fiziologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan.

Gulnoza Turdiyeva

120-123

2025-09-19

PHYSIOLOGICAL ASSESSMENT OF DAILY WATER REQUIREMENT IN ADOLESCENTS

This article explores the critical topic of physiological assessment to determine the daily water requirements of adolescents. Adequate hydration is fundamental to maintaining health and well-being, and adolescents are a unique demographic with unique hydration needs. By examining physiological markers including fluid balance, body composition, and activity level, this study elucidates the factors influencing daily water intake in adolescents. By comprehensively understanding the physiological aspects of hydration in this age group, health care providers and educators can promote optimal hydration practices among adolescents, promoting their overall health and performance.

Rajabova Nodira Azamovna, Majdunova Durdona Khabibullaevna

245-248

2024-04-29

XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI VA NAZARIYALARI

Ushbu maqolada xotiraning nerv fiziologik asoslarini o‘rganamiz. Xotira - axborotni qabul qilish, saqlash va qayta tiklash jarayoni bo‘lib, uning nerv - fiziologik asoslari neyronlar o‘rtasidagi sinaptik bogʻlanishlar, neyroplastiklik va miya tuzilmalarining (gippokamp, korteks, amigdala) hamkorligi orqali amalga oshadi. Xotira jarayoni kodlash, konsolidatsiya, saqlash va qayta tiklash bosqichlaridan iborat bo‘lib, insonning o‘rganish va ongli faoliyatini ta’minlaydi.

Diana Turg‘anbayeva , Olimjon Ozodqulov

207–209

2025-12-09

MAKTAB YOSHIDAGI ÒSMIRLARNING PSIXOLOGIK FIZIOLOGIK AXLOQIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARINI BOSQICHLARI

Ushbu maqolada maktab yoshidagi òsmirlarning ta’lim tarbiya berish jarayonida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar, bu yoshdagi bolalarning psixologik fiziologik axloqiy rivojlanish xususiyatlari òrin olgan. Har taraflama yetuk shaxslarni tarbiyalash hozirgi kunda ta’lim tizimidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Òsmirlik davrining psixologik fiziologik axloqiy rivojlanish xususiyatlarini bilish, òrganish tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota onalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Barno To’rahonova

105-107

2025-10-31

TO‘QIMALARNING QO‘ZG‘ALUVCHANLIGI VA BIOELEKTRIK JARAYONLARNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu ilmiy ish tirik organizm to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini va ularning fiziologik mexanizmlarini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada nerv, mushak va bez to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi, ularning tashqi va ichki ta’sirotlarga javob berish mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Qo‘zg‘alish jarayonida hujayralarda modda va energiya almashinuvi kuchayishi, kislorod sarfining ortishi hamda karbonat angidrid va issiqlik ajralishining ko‘payishi ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, hujayra membranasida yuzaga keladigan bioelektrik hodisalar  tinchlik potensiali va harakat potensialining shakllanishi, ion asimmetriyasi hamda natriy va kaliy ionlarining membrana orqali harakati yoritib berilgan. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi, uning qisqa vaqt ichida yuzaga kelishi va fiziologik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, qo‘zg‘aluvchanlikni baholash mezonlari bo‘lgan reobaza va xronaksiyaning nazariy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan. Absolyut refrakterlik holati va uning yurak faoliyatidagi namoyon bo‘lishi misolida qo‘zg‘aluvchanlikning fiziologik cheklanishlari tahlil qilingan.

Shaxnoza Ibragimova

4-8

2026-02-06

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI QIZLARIDA KARDIORESPIRATOR TIZIMNING FUNKSIONAL HOLATINI EKOLOGIK SHAROITLARGA BOG‘LIQ HOLDA BAHOLASH

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yashovchi 18–22 yoshdagi qizlarda kardiorespirator tizimning funksional holati ekologik sharoitlar bilan bog‘liq holda o‘rganildi. Tadqiqot ishtirokchilari yashash hududlariga ko‘ra uch zonaga ajratildi: ekologik inqiroz zonasi (Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir), o‘rta xavf zonasi (Nukus, Taxiatosh, Xo‘jayli) va ekologik jihatdan nisbatan sog‘lom zona (Amudaryo, To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a). Kardiorespirator tizim ko‘rsatkichlari – o‘pkaning tiriklik sig‘imi (ÓTS), yurak urish chastotasi (YUQCh), sistolik va diastolik arterial bosim, shuningdek, o‘ng va chap qo‘l kafti kuchi aniqlanib, Kruskal–Wallis testi yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ekstremal ekologik sharoitlarda yashovchi qizlarda arterial bosim va yurak qisqarish chastotasi nisbatan yuqori, o‘pka sig‘imi esa pastroq qiymatlarda qayd etildi. Bu esa organizmning ekologik stressga moslashuvi natijasida yuzaga kelgan kompensator fiziologik mexanizmlarni aks ettiradi. Tadqiqot Aralbo‘yi aholisi orasida ekologik omillarning sog‘liqka ta’sirini baholashda muhim fiziologik mezonlarni aniqlash imkonini berdi.

Ayzada Ibraymova

87-91

2025-10-24

NAFTALIN ASOSIDA OLINGAN FIZIOLOGIK FAOL BIRIKMALARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

naftalin va uning gomologlari modifikatsiyasi asosida olinadigan fiziologik faol birikmalarning turli xil biologik faolliklari tufayli dori vositalarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan.

O Ismoiljonova, F Burxev

700-701

2025-01-14

BOLALARDA OSHQOZON-ICHAK YO‘LINING ANATOMIK RIVOJLANISHI VA DISPEPSIYA SINDROMINING SABABLARI

Ushbu ilmiy maqolada bolalarda oshqozon-ichak yo‘lining anatomik rivojlanish bosqichlari, ularning morfologik, funksional va fiziologik xususiyatlari hamda dispepsiya sindromining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Tadqiqotda oshqozon, ichak, jigar, me’da osti bezi va boshqa ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining yoshga xos tuzilma o‘zgarishlari, shuningdek, ularning o‘zaro anatomik aloqalari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada bolalarda ovqat hazm qilish tizimi yetilmaganligi, ferment tizimlarining to‘liq shakllanmaganligi, mikrobiotsenozning o‘zgarishi va noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladigan dispeptik holatlar sabablari chuqur tahlil qilinadi. Dispepsiya sindromining fiziologik va patologik turlari, ularning klinik ko‘rinishlari, shuningdek, anatomo-funksional asoslari keltirilgan. Mazkur maqola bolalar anatomiya va pediatriya yo‘nalishidagi mutaxassislar, shuningdek, tibbiyot oliygohlari talabalari uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, dispepsiya sindromining oldini olish va to‘g‘ri tashxislashda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Mo’tabaroy Qurbonova , Boburbek Muxtorov

58-61

2025-11-12

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA FIZIOLOGIK RIVOJLANISH VA INTELLEKTUAL SALOHIYAT SHAKLLANISHINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning fiziologik rivojlanishi bilan intellektual salohiyatning shakllanishi o‘rtasidagi murakkab, tizimli hamda uzoq davom etuvchi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy asosda yoritadi. Tadqiqot asosan psixonevrofiziologiya, pedagogika va maktabgacha taʼlim nazariyalariga tayanadi. Maqolada asab tizimi o‘sishi, motor ko‘nikmalar rivoji, sezgi faoliyati, hissiy-ijtimoiy tajriba va yuqori kognitiv funksiyalar (diqqat, xotira, tasavvur, til) niyat bilan integratsiyalanadi. Muallif bolalarda reflekslar integratsiyasi, sensor-motor faollik, ijro funksiyalari, va ijtimoiy muhit taʼsiri orqali intellektual kompetentsiyaning paydo bo‘lish mexanizmlari ustida to‘xtaladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglariga amaliy yo‘nalishlar berish imkonini taqdim etadi.

Vazera Keldiyorova, E'zoza Egamberdiyeva

18-20

2026-02-28

PISUM SATIVUM L.NING SHO'RLANISH TA'SIRIDA O'SISHI VA BA'ZI FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Bizning natijalarimiz shuni ko'rsatadiki, P. sativumni fosh qilish O'rtacha sho'rlanish o'simliklarning og'ir sho'rlanish sharoitlariga bardosh berishga imkon beruvchi fiziologik moslashuvlar majmuasini faollashtiradi va bu tuz stressining ion toksikligi komponenti o'simliklarning iqlimga moslashishida katta rol o'ynaydi. Bu moslashish birlamchi ildiz to'qimalarida sodir bo'ladi va ksilemada Na + yuklanishini tartibga solishni o'z ichiga oladi, bu uning keyingi kurtaklar nishga o'tishiga va natijada kurtaklar o'sishiga ta'sir qiladi.

Moxigul Abdurashidova

93-96

2023-10-10

HOMILADORLIKDA TIROID GORMONLARINING DINAMIKASI, HCG, ESTROGEN VA TIROKSIN ALMANISHINUVINING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Homiladorlik davrida tiroid gormonlari - tiroksin (T4), triyodtironin (T3) va tireotrop gormonning fiziologik dinamikasi, ularning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi HCG (chorionik gonadotropin), estrogenlar va tirozin almashinuv jarayonlarining murakkab o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Homiladorlik organizmda endokrin tizimning qayta tashkil etilishini talab qilib, tiroid bezining funksional faolligi 30–50% gacha ortishi bilan xarakterlanadi. Maqolada embrional rivojlanishning erta bosqichlarida HCGning TSH–retseptorlarga o‘xshash ta’siri va uning T4/T3 transitor ko‘tarilishiga olib keluvchi mexanizmlari, shuningdek estrogenlarning globulinlar (asosan TBG) sintezini kuchaytirish orqali gormonlarning bog‘langan va erkin fraksiyalariga ta’siri batafsil yoritiladi. Tirozin almashinuvining homiladorlikda jadal bo‘lishi, fetoplatsentar birlik orqali yod transporti, deiodinazalar faolligi va homila miyelinizatsiyasi uchun zarur bo‘lgan T3 biosintezining kritik ahamiyati ham chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tiroid gormonlarining yetishmovchiligi yoki ortiqchaligi homila neyropsixik rivojlanishi, yurak-qon tomir barqarorligi va metabolik muvozanatga ko‘rsatadigan ta’sirlar, zamonaviy diagnostika yondashuvlari hamda fiziologik kompensator mexanizmlar ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqola maternal-fetal endokrinologiya nuqtai nazaridan kompleks tahlil bo‘lib, homiladorlikdagi tiroid homeostazining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi.

Shoxidaxon Qo’chqarova , Mirzoxid Samatov

32-36

2025-12-12

SOMATIK KASALLIKLAR PAYDO BO‘LISHI VA INSON ONGIGA TA’SIRI

Psixosomatik kasalliklarning paydo bo'lishi bevosita o'z his-tuyg'ularini va istaklarini bostirish bilan    bog'liq,                              ya'ni. ularni ifodalash kerak, lekin bu yerda ham qabul qilib bo'lmaydigan yoki tajovuzkor istaklar haqida gap ketganda, haddan tashqari borish mumkin. Bularning barchasini qanday bog'lash va o'zingizni boshqarishni o'rganish kerak - buning uchun psixoterapiya va psixoanaliz mavjud. Ma'lumki, har bir hissiyot organizm fiziologiyasida ma'lum siljishlar bilan birga keladi. Misol uchun, qo'rquv yurak tezligining sekinlashishi yoki ortishi bilan birga keladi. Ya'ni, agar stressli vaziyatlar, salbiy tajribalar uzoq vaqt davom etsa, u holda tanadagi fiziologik o'zgarishlar ham barqaror bo'ladi. Psixosomatik kasalliklarning paydo bo'lishida o'z ichidagi his-tuyg'ularni saqlab qolish muhim rol o'ynaydi. Bu mushaklarda kuchlanish paydo bo'lishiga va fiziologik jarayonlarning erkin, tabiiy oqimining buzilishiga yordam beradi.

Umida Ro‘ziyeva , Sanobar Toshmamatova

13-15

2023-02-17

MODELLASHTIRILGAN HAYVONLARDA INSULIN REZISTENLIGI KELIB CHIQISHINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada laboratoriya sharoitida insulin rezistenligi (IR) modellashtirilgan hayvonlarda kuzatiladigan asosiy fiziologik mexanizmlar batafsil tahlil qilinadi. Skelet mushaklari, jigar, yog‘ to‘qimasi, pankreas, gipotalamus-gipofizar-adrenal tizim hamda immun-endokrin tizimidagi o‘zgarishlarning IR rivojlanishidagi patofiziologik ahamiyati ko‘rib chiqiladi va ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi.

Yolqin Turayev

140-142

2025-07-24

YOSH BOLALARDA ASTIGMATISM KASALLIGINI KELIB CHIQISH SABABLAR

Maqola yosh bolalarda astigmatizmning fiziologik kelib chiqish sabablari, uning klinik ko‘rinishlari va bolalarning vizual rivojlanishiga ta’siri bilan bog‘liq. Tadqiqotda astigmatizmning ko‘pincha kornea va linzaning egri chizig‘laridagi nomuvofiqlik, ko‘z o‘qi va retinaning markazi orasidagi farqlar kabi anatomik va fiziologik omillar bilan bog‘liqligi ilmiy tahlil qilindi. Shuningdek, erta tashxis va muntazam vizual monitoringning bolalarning ko‘rish sifati va rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqildi. Maqola bolalarda astigmatizmni aniqlash, profilaktika va davolash strategiyalarini samarali qo‘llash muhimligini ta’kidlaydi.

Xuryona Zulunova

102-104

2026-02-12

EMOTSIONAL JARAYONLARNING PSIXOLOGIK VA FIZIOLOGIK ASOALARI

Ushbu tezis hissiyotlar va emotsional jarayonlarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini tahlil qiladi. Hissiyotlar insonning ichki kechinmalari, kayfiyati va xulq-atvorini boshqaradi, qaror qabul qilish, motivatsiya va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Hissiyotlar limbik tizimi, vegetativ asab tizimi va gormonal jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxsning ruhiy barqarorligi va stressga chidamliligini belgilaydi.

Iroda Yangiboyeva , Olimjon Ozodqulov

141-142

2025-11-30

O‘SIMLIKLARDA SUV ALMASHINUVI JARAYONINING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada o‘simlik organizmidagi suv almashinuvi jarayonining mohiyati, uning fiziologik asoslari, suvning o‘simlik hayotidagi o‘rni hamda suv balansi va transpiratsiya jarayonining o‘zaro bog‘liqligi keng tahlil qilingan. Shuningdek, suv yetishmovchiligi yoki ortiqligi sharoitida o‘simlik hujayralarida kechadigan fiziologik o‘zgarishlar, suvni saqlash va muvozanatni ta’minlash mexanizmlari haqida fikr yuritilgan.

Raziya Koʻptilewova

7-8

2025-10-31

GIPOTIREOZ SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLODLAR TUXUMDONIDAGI MORFOMETRIK O‘ZGARISHLAR

Ushbu tadqiqot gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda tuxumdonlarning morfometrik o‘zgarishlarini aniqlashga qaratilgan. Ma’lumki, qalqonsimon bez gormonlari organizmning ko‘plab fiziologik jarayonlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa jinsiy bezlarning shakllanishi va faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Homila davrida gormonal muvozanatning buzilishi kelajak avlodlarning reproduktiv tizimi rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda tuxumdonlarning morfometrik tuzilishini chuqur o‘rganish nafaqat fiziologik bilimlarni kengaytiradi, balki amaliy jihatdan ham muhimdir. Tadqiqot jarayonida laboratoriya hayvonlarida gipotireoz sharoiti sun’iy tarzda keltirib chiqarildi va tug‘ilgan avlodlarning tuxumdonlari gistomorfologik usullar orqali tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda tuxumdonlarning umumiy massasi va hajmi nazorat guruhiga qaraganda kichikroq bo‘ldi. Shuningdek, follikulalarning soni, diametri, yetilishi va atretik jarayonlar chastotasi morfometrik jihatdan aniqlandi. Stromal to‘qimalarda fibroz elementlarning ortishi, qon tomirlarida degenerativ o‘zgarishlar kuzatildi. Bu esa tuxumdonlarning fiziologik funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘rganilgan ko‘rsatkichlar asosida gipotireozning avlodlar reproduktiv salohiyatiga ta’siri tasdiqlandi. Ushbu natijalar gipotireoz kasalliklarini erta aniqlash, davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

G.P. Ziyoyeva

117-119

2025-08-28

DIQQATNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu tezisda diqqatning nerv - fiziologik asoslari, uning markaziy asab tizimi bilan bog‘liqligi, bosh miya po‘stlog‘i faoliyati, analizatorlar va reflektor mexanizmlarning diqqat jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, diqqatning turlari, uning fiziologik mexanizmlari va diqqatga ta’sir etuvchi omillar haqida ilmiy ma’lumotlar bayon etilgan.

Maftuna Nurmatova , Olimjon Ozodqulov

176–178

2025-12-09

SUZISH TEXNIKASINI O’ZLASHTIRISHDA ODAM ORGANIZMINING FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI

Maqolada xozirgi kunda vatanimizda suzish texnikasini o’zlashtirishda odam organizmining fiziologik funksiyalarining asoslari vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish masalasi yuzasidan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqasadida oliy ta’lim mu’assasalari talabalariga suzish texnikasini o’zlashtirish elementlarini o’rgatishni amalga oshirish uchun yanada samarali bo’lgan suzish texnikasini o’zlashtirishda odam organizmining fiziologik funksiyalarining  asoslari vazifalarini, turlarini o’rgatish metodikasi xaqida so’z yuritilgan. Talabalarga suzish texnikasini o’rgatishda nimalarga  ko’proq e’tibor berish va mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha maslahat va ko’rsatmalar berib o’tilgan.

Jaxongir O’razboyev

41-44

2023-05-04

IDROKNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu ish idrokning nerv - fiziologik asoslarini o‘rganadi. Idrok sezgi organlari va markaziy nerv tizimi faoliyati orqali tashqi va ichki muhitdagi ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va anglash jarayonidir. Maqolada miyadagi kortikal va subkortikal sohalar, e’tibor mexanizmi, idrokning tezkorligi, moslashuvchanligi va integratsion xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot idrokning inson psixikasidagi markaziy rolini va ongli faoliyatni shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.

Muxlisa Xaitboyeva , Olimjon Ozodqulov

213–215

2025-12-09

DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Diqqatning inson nerv tizimidagi fiziologik asoslari, ya’ni diqqat jarayonining miya faoliyati bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Diqqat — bu psixik faoliyatning muhim shakli bo‘lib, u tashqi va ichki ta’sirlarni tanlab, ularga ongli ravishda yo‘naltirish imkonini beradi. Diqqatning fiziologik mexanizmlari I.P. Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan shartli reflekslar va dominant o‘choqlar nazariyasi orqali tushuntiriladi. Miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan “dominanta” o‘chog‘i boshqa nerv markazlarining faoliyatini susaytirib, ma’lum bir ta’sirga yo‘naltirilgan javobni ta’minlaydi.Diqqatning markaziy asosi bosh miya po‘stlog‘idagi nerv jarayonlarining muvozanati, qo‘zg‘alish va tormozlanish dinamikasi bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, retikulyar formatsiya diqqatning uyg‘oqlik va faollik darajasini boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Shunday qilib, diqqat — bu nafaqat psixologik, balki murakkab nerv-fiziologik jarayon bo‘lib, insonning bilish faoliyati va xulq-atvorida muhim o‘rin tutadi.

Jasmina Tavartosheva, Bobur Sattorov

34-37

2025-11-24

SHAXS TUZILISHI VA FIZIOLOGIK ASOSOSLARI

Ushbu tezisda shaxs tuzilishi va uning fiziologik asoslari, shaxsning psixologik va biologik komponentlari o‘rganiladi. Shaxsni shakllantiruvchi omillar, temperament va irsiyat, nerv tizimi va gormonal ta’sirlar batafsil tahlil qilinadi. Shaxs tuzilishi individual xususiyatlar, ijtimoiy muhit va biologik omillar orqali aniqlanishi ko‘rsatiladi.

Sevinch Toʻychiyeva, Оlіmjоn Оzоdqulоv

93-94

2025-11-30

YURAK VA MIYA QON AYLANISHI O‘RTASIDAGI FIZIOLOGIK BOG‘LIQLIK

Ushbu maqolada yurak va miya o‘rtasidagi fiziologik bog‘liqlik, ularning qon aylanish tizimidagi o‘zaro ta’siri hamda markaziy nerv tizimi orqali yurak faoliyatining boshqarilishi yoritilgan. Yurak miya tomonidan nerv impulslar va gormonal mexanizmlar orqali nazorat qilinadi. Shu bilan birga, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar ham miya qon ta’minotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ushbu ikki muhim a’zo o‘rtasidagi fiziologik muvofiqlikning ahamiyati, patologik holatlar (insult, yurak yetishmovchiligi, gipoksiya)da yuzaga keladigan buzilishlar tahlil qilinadi.

Xojiakbar Akbaraliyev , Nazira Madatova

114-115

2025-10-09

SEZGI JARAYONINING XUSUSIYATLARI VA UNING TURLARI

Ushbu tezisda sezgi jarayonining psixologik mohiyati, uning fiziologik asoslari va inson bilish faoliyatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida sezgi xususiyatlari – sezuvchanlik, aniqlik, adaptatsiya va chegaralar kabi omillar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m sezgisi va teri-sezgilari kabi asosiy sezgi turlarining funksional ahamiyati qisqacha izohlanadi. Tezisda sezgi jarayonlarining kundalik hayot, o‘quv faoliyati va idrokning shakllanishidagi o‘rni ilmiy tahlil etiladi. Olingan natijalar sezgi tizimlarining inson psixikasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Shabnam Yoʻldoshova , Olimjon Ozodqulov

52–54

2025-12-09

NUTQ TOVUSHLARINING TO`RT ASPEKTI

Ushbu maqola fonetikaning to`rt  aspekti ya`ni nutq tovushlarining  fizik- akustik, anatomic- fiziologik, perseptiv va lingvistik- funksional aspektlari to`g`risida.

Muyassarxon Mansurxonova

81-82

2024-06-24

1 - 25 of 271 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy