Ushbu maqolada hayot/life mazmunli frazemalarning lingvomadaniy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, ushbu konseptga oid iboralar chog‘ishtirma planda o‘rganilgan. Tahlilga tortilgan iboralar ikki etnos lingvomadaniyatidan, o‘sha xalqning qarashlaridan kelib chiqqan holda tadqiq etilgan.Tillar orasidagi tafovut esa odatda bir xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqea-hodisalar, urf-odatlarning ikkinchi xalq turmush tarzida uchramasligi, shu tufayli ular nomlarining ham ayni xalq tilida tabiiy ravishda yoʻqligi bilan izohlangan.