Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Аbdumаjidоvа Zаmirа Sаfаrbоy qizi

52-57

2025-05-31

HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Аbdumаjidоvа Zаmirа Sаfаrbоy qizi

118-122

2025-04-30

HUQUQIY TARG`IBOTNING ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar  haqidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Huquqiy targ‘ibotning asosiy maqsadlari, jumladan, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, huquqni hurmat qilishni targ‘ib qilish va fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilganligi ta'kidlanadi. Ichki ishlar organlarining bu sohadagi roli, jinoyatchilikni kamaytirish, yoshlarni huquqiy savodxon qilish va fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Yuldashev Iqboljon Raximovich, Abduraupova Nargiza Nosirjon qizi

46-49

2025-11-22

ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРИЗНАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА ПРАВОВЫМ ЛИЦОМ И ЕГО УГОЛОВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ

В данной статье анализируется взаимосвязь признания искусственного интеллекта юридическим лицом и его уголовной ответственности с теоретической и практической точки зрения. Автор оценивает степень автономности систем искусственного интеллекта, способность принимать обоснованные решения и критерии свободы воли с точки зрения правовой субъектности. В статье проводится сопоставительный анализ национального опыта Японии, США, Европейского Союза и Китая, а также анализируются способы определения правового статуса искусственного интеллекта, основанные на различных правовых подходах. По результатам исследования правосубъектность и уголовная ответственность искусственного интеллекта находятся в взаимодополняющей, системной и диалектической связи, а также обосновывается необходимость разработки международно-правовых стандартов в этой области. Для Узбекистана выдвигаются предложения по формированию национальных правовых механизмов с учетом опыта Европы и Японии.

Shahlo Ibragimova

6-17

2025-11-06

HUQUQIY TАRG'IBОT VА UNING SHАKLLАRING ZАMОNАVIYLАSHTIRISHDА RАQАMLАSHTIRISHNING О'RNI VА RОLI

Ushbu mаqоlаdа huquqiy tаrg'ibоt tizimini zаmоnаviylаshtirishdа rаqаmlаshtirish texnоlоgiyаlаrining о'rni vа аhаmiyаti tаhlil qilingаn. Huquqiy tаrg'ibоtning аn'аnаviy shаkllаri bilаn bir qаtоrdа rаqаmli plаtfоrmаlаr, ijtimоiy tаrmоqlаr, mоbil ilоvаlаr vа sun'iy intellekt vоsitаlаrining huquqiy mа'lumоtlаrni tаrqаtish, аhоli huquqiy sаvоdxоnligini оshirish vа huquqiy mаslаhаt berish jаrаyоnlаrigа tа'siri о'rgаnilgаn. Mаqоlаdа О'zbekistоndа аmаlgа оshirilаyоtgаn rаqаmlаshtirish lоyihаlаri misоlidа huquqiy tаrg'ibоtning innоvаtsiоn shаkllаri tаhlil qilinib, ushbu yо'nаlishdаgi istiqbоlli rivоjlаnish yо'nаlishlаri belgilаngаn.

Аbdumаjidоvа Zаmirа Sаfаrbоy qizi

168-172

2025-04-30

TA`LIM MUASSASASI RAHBARLARINING HUQUQIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada huquqiy savodxonlik, huquqiy savodxonlik fazilati, huquqiy ong, huquqiy savdoxonlikni rivojlantirish, huquqiy ta'limning integratsiyasi, muvofiqlik va mentorlik yoritib berilgan.

Ziyavitdinov Zafar Maxmudovich

114-115

2023-12-21

FUQАRОLАRNING HUQUQIY MАDАNIYАTINI ОSHIRISH – FUQАRОLIK JАMIYАTI QURISHNING АSОSIY SHАRTI SIFАTIDА

Ushbu mаqоlа fuqаrоlik jаmiyаtini shаkllаntirish vа mustаhkаmlаshdа fuqаrоlаrning huquqiy mаdаniyаtini оshirishning hаl qiluvchi rоlini о'rgаnаdi. Huquqiy mаdаniyаt fuqаrоlаrning huquq vа huquqiy institutlаrgа nisbаtаn оngi, munоsаbаtlаri vа xulq-аtvоrini о'z ichigа оlаdi. Huquqiy mаdаniyаtni оshirish оrqаli jаmiyаtlаr qоnun ustuvоrligigа yаnаdа yаxshi riоyа qilishni tа’minlаshi, fuqаrоlаr ishtirоkini tа’minlаshi vа ijtimоiy аdоlаtni mustаhkаmlаshi mumkin. Mаqоlаdа huquqiy mаdаniyаtning tаrkibiy qismlаri, uni yuksаltirish strаtеgiyаlаri vа fuqаrоlik jаmiyаti rivоjigа sеzilаrli tа’siri kо‘rib chiqilаdi. Shuningdеk, huquqiy mаdаniyаtni yuksаltirish bоrаsidаgi muаmmо vа imkоniyаtlаr о‘rgаnilib, uning muhim аhаmiyаti tо‘g‘risidа аtrоflichа fikr yuritilаdi.

Mаdumаrоvа Shоxsаnаm Muxtоrаli qizi

25-27

2024-07-29

HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY ONGNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI

Ushbu maqola huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish, jamiyatda fuqorolar ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlarlar xaqida keltirilib o’tilgan.

Ulug’bek Rahmanov Xabibullayevich, Jo’rayeva Farangiz Bahrom qizi

208-213

2024-02-29

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAMOATCHILIK VAKILLARINING HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining jamoatchilik vakillari huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishda profilaktika inspektorlarining roli, vazifalari hamda zamonaviy yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, huquqiy ma’rifatning yangi shakllari, raqamli profilaktika vositalari hamda kasbiy kompetensiyani kuchaytirish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy xulosalarni o‘z ichiga oladi.

Qo’ziyev Islom Ulug’bek o’g’li

120-122

2025-11-17

BIG DATA: HUQUQIY TAHLIL UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Ushbu maqola Big Data texnologiyalarining huquqiy tahlil sohasidagi ahamiyati va qoʻllanilish imkoniyatlariga bagʻishlangan. Maqolada katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish orqali huquqiy jarayonlarni optimallashtirish, sud qarorlarini bashorat qilish, huquqiy risklarni baholash va qonunchilikni takomillashtirishda Big Data ning roli tahli qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston huquqiy tizimida Big Data dan foydalanishning hozirgi holati, muammolari va istiqbollari, shu bilan birga maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizligi masalalari ham oʻrganiladi.

Xusrav Xo’janazarov Firuzovich

93-102

2025-11-24

YOSHLARNING DUNYO QARASHINI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONGNING O‘RNI

Huquqiy madaniyatning darajasi huquqiy tizimning rivojlanganlik darajasi, davlat va jamiyat institutlarining xalqchilligi, kelajak avlodning bilim darajasi, Huquqiy ongi va jamiyatdagi Huquqiy mafkura bilan uzviy aloqadorlikdadir. Boshqacha qilib aytganda, Huquqiy madaniyat umumiy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi bo`lsada, biroq u ham muhim va dunyoviy axamiyatga ega bo`lgan muammo hisoblanadi.

Erkaboyev Oybek Muxammadjonovich, Tojiboyeva Odina Anarbayevna

90-94

2023-06-22

MAMLAKAT TARAQQIYOTIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘RNI

mazkur maqolada huquqiy ong va madaniyat tushunchalari, yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan mezonlar va insonlarda huquqiy madaniyatni shakllatirish samaradorligining asoslari ta’kidlanadi.

Aburaxmonov Samariddin Sardorbek o‘g‘li

38-41

2025-01-28

O’ZBEKISTON HUQUQIY AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

   Bu ishda Oʻzbekiston Respublikasida shakllanib borayotgan huquqiy axborot tizimlari va ularning jamiyat, davlat boshqaruvi hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. Ishda mamlakatimizda huquqiy axborotni shakllantirish, saqlash va aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari, xususan “Lex.uz”, “Norma.uz”, “Huquqiy axborot” portali, Adliya vazirligining rasmiy axborot tizimlari va boshqa elektron platformalarning faoliyati yoritiladi. Tadqiqotda ushbu tizimlarning asosiy vazifalari — qonun hujjatlari matnlarini tezkor yetkazish, yangiliklardan xabardor qilish, huquqiy ma’lumotlarning aniqligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek foydalanuvchilarga qulay bo’lgan elektron qidiruv imkoniyatlarini yaratishdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, huquqiy axborot tizimlarining raqamli transformatsiya jarayonlaridagi roli, davlat boshqaruvida “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasi ham yoritilgan. Ishda bu tizimlarning afzalliklari bilan birgalikda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lgan jihatlar – normativ-huquqiy hujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yanada ko’proq boyitish, mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ham muhokama etiladi.  Buning natijasida, Oʻzbekiston huquqiy axborot tizimlari davlatning huquqiy siyosatini amalga oshirish, fuqarolarni qonun ustuvorligi tamoyili asosida xabardor qilish va huquqiy ongni yuksaltirishda muhim vosita ekani asoslab beriladi.

Farangiz Mardonova

77-82

2025-11-15

JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY ONG HAMDA ULARNING TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalari hamda, O’ zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son farmoni asosida ularni shakllantirish va yuksaltirish masalalari yoritilgan. Unda aholining huquqiy savodsizligi, qonun ustuvorligi mafkurasining rivojlanmaganligi fuqarolarda huquqiy niglizimning asosiy sabablari sifatida ko’ rsatiladi. Shuningdek huquqiy madaniyatni va huququy ongni oshirishda ta’ lim muassasalarining o’ rni va zarur chora-tadbirlar haqida fikr yuritiladi.

 

Salohiddinov Rahmatillo Lutfillo o’ g’ li

35-38

2025-12-05

HUQUQIY TADQIQOTLARDA SUN’IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI QANDAY?

 Oxirgi yillarda sun’iy intellekt,har bir sohada,shu bilan birga huquq sohasida  hamda  huquqiy tadqiqotning barcha bo‘g‘inlariga normativ–huquqiy hujjatlarni qidirish,to’plash,yig’ish, presedent tahlili, hujjat (memorandum, dalolatnoma) loyihalash va dalil-isbotlarni saralash jarayonlariga chuqur kirib bordi. Lexis AI va Westlawning AI-Assisted Research singari platformalar tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari bilan generativ AIni birlashtirib, tezkor va manbaga bog‘langan javoblar berishni va’da qilmoqda; shu bilan birga, maxfiylik, malakaviy mas’uliyat va huquqiy etikaga doir muammolar amaliy xavf sifatida saqlanib qolmoqda. AQSh Advokatlar assotsiatsiyasining 2024-yilgi rasmiy fikri advokatlar AIdan foydalanganda texnologik bilimlari, maxfiylik, muloqot va to‘lovlarga doir burchlarni qat’iy saqlashi shartligini eslatadi. Yevropa Ittifoqining AI to‘g‘risidagi qonuni  esa umumiy maqsadli AI va yuqori xavfli tizimlar uchun oshkoralik va xavf boshqaruvi majburiyatlarini belgilab, huquqiy xizmatlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat huquqiy tadqiqot metodologiyalarida, jamiyatda huquqiy xizmat ko‘rsatishda va huquqiy ma’lumotga kirishda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, AI huquq sohasida normativ‑huquqiy, axloqiy va texnik‑xavfsizlik muammolarini ham yuzaga keltirmoqda.Ushbu maqola AIning huquqiy tadqiqotlardagi foydasi va zararli jihatlarini,tajriba va kuzatuvlarga asoslangan dalillar, amaliy va huquqiy standartlar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, hamda huquqshunoslar uchun xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha metodik yondashuvni taklif etadi

Nurhayot Xusanova

64-69

2025-11-12

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslari, ularning jamiyatdagi ahamiyati hamda xalqaro tajriba asosida shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — xalqaro miqyosda huquqiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdir.

Mohidilxon Bozorova

113-118

2025-10-20

HUQUQIY NIGILIZMNING NAZARIY - ASOSIY TUSHUNCHALARI

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va davlat boshqaruvi samaradorligi, avvalo, fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqiy davlat barpo etish jarayonida fuqarolarning qonunlarga nisbatan hurmati, ularga bo‘lgan ishonchi va rioya etish madaniyatini shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda jamiyatda huquqiy me’yorlarning ahamiyatini inkor etish, qonunlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari kuzatiladi. Bunday salbiy holat huquqiy nigilizm deb ataladi. Huquqiy nigilizm — bu shaxsning yoki ijtimoiy guruhning huquqqa, qonunlarga va davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlik, e’tiborsizlik yoki rad etish holatidir. U nafaqat huquqiy tizimning barqarorligiga, balki jamiyatda adolat va tartibni ta’minlashga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois, huquqiy nigilizmni o‘rganish va uni bartaraf etish masalalari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb ahamiyatga ega.

G’ulomov Abdulaxadxon Baxtiyor o’g’li

68-73

2025-11-13

JAMIYATDA AHOLINING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mazkur maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan jamiyatda huquqiy  ong  va  huuquqiy  madaniyatni  rivojlantirsh  va  yuksaltirish  muammolari, huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari, mazkur  masala  yuzasidan  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  tahlili,  shuningdek,  bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

39-43

2025-04-17

HUQUQIY MADANIYAT VA HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularni shakllantirishning asosiy yo‘llari hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Hamda huquqiy ongni oshirishda ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaviy tarbiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining o‘rni haqida fikr yuritadi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, aniq misollar va xalqaro tajribalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada mavjud muammolar ko‘rsatilib, huquqiy madaniyatni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.

Sayra Janadilova, Nodira Rasulova

173-177

2025-11-12

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH DAVR TALABI

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat va hamda ularning jamiyat hayotida qanchalik darajada ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek Aholining huquqiy bilimini oshirish borasida yurtimizda amalga oshitilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar va huquqiy madaniyatni yaxshilash borasida masalalar yoritib berilgan.

Usarqulova Shaxrizoda Xusan qizi

49-51

2023-05-05

HUQUQIY MASLAHATCHI CHATBOTLAR VA ULARNING IMKONIYATLARI

Raqamli transformatsiya jarayonining tezlashuvi natijasida yuridik xizmatlar sohasida sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar, xususan huquqiy maslahatchi chatbotlar keng qo’llanila boshladi. Sun’iy intellektga asoslangan huquqiy maslahatchi chatbotlar bugungi kunda yuridik xizmatlar sohasi uchun eng dolzarb innovatsion vositalardan biridir. Ular aholining huquqiy savollariga qisqa vaqt ichida javob berish,    normativ-huquqiy hujjatlarni izohlash, dastlabki maslahatlar taqdim etish orqali huquqiy ongni rivojlantirishga katta yordam bermoqda. Yuridik xizmatlarning qimmatligi yoki hududiy cheklovlar tufayli advokat xizmatidan foydalana olmaydigan fuqarolar uchun chatbotlar adolatga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu maqola O‘zbekiston qonunchiligi nuqtai nazarida huquqiy
chatbotlarning maqomi, ulardan foydalanishdagi cheklovlar, xavf-xatarlar, normativ-huquqiy javobgarlik masalalari hamda kelajak istiqbollarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqot davomida solishtirma-huquqiy metod,   kontent-analiz, normativ sharh va case-study usullari qo‘llanildi. Natijalar orqali huquqiy chatbotlar yuridik xizmatlar bozorida samaradorlikni oshirishi, biroq ushbu faoliyatni huquqiy tartibga solishning zarurligi aniqlangan

Azizbek Xudoyberdiyev

154-159

2025-11-08

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA QO‘LLANILADIGAN EHTIYOT CHORALARI

Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llaniladigan ehtiyot choralarining yuridik ahamiyati va ularning amaliy qo‘llanilishi sud tizimining samarali ishlashini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqola, aynan sudga qadar yuritish bosqichida ehtiyot choralarining turlari, ular bilan bog‘liq huquqiy asoslar, samaradorlik va yuzaga keladigan muammolarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Ehtiyot choralarining sud jarayonidagi rolini tushunish, huquqiy tizimning samaradorligini oshirish va adolatni ta'minlashda zaruriy shart hisoblanadi. Maqolada sudga qadar yuritish bosqichida ehtiyot choralarining turli shakllari batafsil ko‘rib chiqiladi. Masalan, vaqtinchalik choralar, mulkni muzlatish, aktivlarni musodara qilish kabi ehtiyot choralarining huquqiy asoslari va ularning qanday qo‘llanilishi, turli holatlar misolida tushuntiriladi. Bu choralar, asosan, tomonlarning huquqlarini vaqtincha himoya qilish, moliyaviy resurslar va aktivlarni saqlab qolish, hamda yuridik jarayonning davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur hisoblanadi. Sud tizimining ishonchliligi, ehtiyot choralarining to‘g‘ri va muvozanatli qo‘llanishiga bog‘liq. Sudga qadar bosqichda ehtiyot choralarining belgilanishi jarayonida qonuniy asoslar va adolat tamoyillariga qat'iy rioya etilishi kerak. Maqolada, ehtiyot choralarining noto‘g‘ri yoki haddan tashqari qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan muammolar, shu bilan birga, bu choralarning samaradorligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy mexanizmlar tahlil qilinadi.

Agoyev Shukrullo Safarboyevich, Bo’sinov Behruz To’xtamurod o‘g‘li

51-57

2025-06-23

XORIJ TAJRIBASIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING QO‘LLANILISHI

Maqolada xorij tajribasida huquqiy tartibga solishda sun’iy intellekt vositalarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy tizimlarda, jumladan, qonunlar va reglamentlarni ishlab chiqish, huquqiy xatoliklarni aniqlash, sud ishlarini avtomatlashtirish kabi sohalarda qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada dunyoning turli mamlakatlarida sun’iy intellekt vositalarining muvaffaqiyatli integratsiyasi va bu jarayonning huquqiy va axloqiy tomonlari tahlil etiladi. Ushbu ilmiy ish, sun’iy intellekt texnologiyalarining huquqiy tartibga solish sohasida samarali qo‘llanishi uchun zarur metodologik yondashuvlarni va tavsiyalarni taqdim etadi..

Jo'ramurodov Dilshod O'tkirovich

16-26

2025-05-07

ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATI PRINSIPLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Advokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ushbu maqola advokatura sohasida raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlarini atroflicha o‘rganadi. Xususan, huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish, mijozlar bilan muloqotni optimallashtirish, huquqiy tahlil va tadqiqot jarayonlarini tezkorlashtirish hamda qaror qabul qilishda sun’iy intellektning yordami tahlil qilinadi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning advokatlik faoliyatining axloqiy me’yorlari, maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola advokatura sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali huquqiy xizmatlarning sifati, samaradorligi va foydalanuvchilar uchun ochiqligini oshirishga qaratilgan istiqbolli yechimlarni muhokama qiladi, shu bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy va axloqiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li

145-148

2025-06-23

MAKTAB VA OILA HAMKORLIGIDA HUQUQIY TARBIYANI AMALGA OSHIRISHNING INNOVATSIYON SHAKLLARI

Mazkur maqolada maktab va oila hamkorligida huquqiy tarbiyani amalga oshirish jarayonlari, ularning innovatsion shakllari hamda amaliyotdagi samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Huquqiy tarbiyaning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, oila va maktabning birgalikdagi mas’uliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalar va interaktiv metodlar asosida amalga oshirilayotgan innovatsion uslublar haqida so‘z yuritiladi. Muallif ilgari surgan qarashlar milliy ta’lim tizimi, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy fikrlarga tayanadi.

Аsаdbek Egаmbergаnоv Mаdаminоvich

137-140

2025-10-30

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy