Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Har bir inson tug’ilibdiki, u inson shaxs hisoblanadi. Bolaning o’sib rivojlanishi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Yosh bolaga bir yoki ikki yoshlik paytidan unga tarbiya berish boshlanadi. Yetti yoki sakkiz yoshga yetganida esa uning yoniga ta’lim ham qo’shiladi. Har ikkalasi yillar davomida insonda shakllanadi. Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga biror kasb yoki hunar o’rgatiladi. Shu paytdan boshlab bola o’z kelajagi uchun ilk qadamini tashlagan bo’ladi. Bola jamiyat ichida o’zini qanday tutish kerakligi va qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yurita boshlaydi. Agar bolani yoshlik paytidan jamiyat ichida ko’proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson bo’ladi va u katta shaxs bo’lib yetishadi.
2024-10-14