Mazkur maqolada profilaktika inspektorining fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahalla instituti bilan hamkorligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada mahalla faollari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, mahalla tizimida fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, nizolarni barvaqt hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.