Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TURLI YOSHDAGI BOLALARNI BARCHA KRITERIYLARDA RIVOJLANISHIDAGI KO'RSATKICHLAR MUVOFIQLIGI

Mazkur maqola turli yoshdagi bolalarning barcha rivojlanish kriteriyalaridagi ko‘rsatkichlar muvofiqligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada bolaning jismoniy, psixologik, intellektual va ijtimoiy rivojlanishining o‘zaro ta’siri va muvofiqligi tahlil qilinadi. Har bir yosh davrida bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkichlarning uyg‘unligi bola salomatligi, ta'limi va jamiyatdagi muvaffaqiyati uchun muhimdir.

Saidaxon Mahmudova

98-101

2025-01-27

TURLI YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI

Ushbu maqolada turli yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ilmiy-statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda antropometrik parametrlar: bo‘y uzunligi, tana vazni, ko‘krak qafasi aylanasining o‘zgarishi, tana massasi indeksi (BMI), jismoniy tayyorgarlik testlari natijalari va biologik yetilish darajalari baholandi. Maqolada yosh davrlari bo‘yicha normativ tendensiyalar, funksional rivojlanish dinamikasi va tashqi omillarning ta’siri (ovqatlanish, faollik darajasi, iqlimiy sharoit, irsiy omillar) tahlil qilingan. Natijalar umumiy jismoniy rivojlanish me’yorlarini shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Saidaxon Maxmudova, F. Mirzabekova

50-55

2025-12-15

O‘SMIR QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA REPRODUKTIV YETILISH JARAYONINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

O‘smirlik davri — qizlar jismoniy rivojlanishi va reproduktiv yetilish bosqichlari jihatidan keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan murakkab hamda bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Ushbu tezisda qiz o‘smirlarda jismoniy rivojlanish, pubertal bosqichlari, reproduktiv tizimning yetilishi va ularning o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. So‘nggi yillar tadqiqotlari asosida jismoniy o‘sishning tezligi, reproduktiv funktsiyalarning ochilishi (masalan, menarxe) va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar yoritiladi. Tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga tayangan bo‘lib, o‘smirlikdagi sog‘lom rivojlanish nazariyasi hamda amaliy jihatlari bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Zuxra Xudoykulova

112-115

2025-10-20

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA INDIVIDUAL RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASINI BELGILASH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida differensial yondashuvni qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini belgilashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi, sog‘liq holati va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, individual rivojlanish trayektoriyasini rejalashtirish va monitoring qilish usullari ham bayon etiladi.

Jaxangir Duysenbaev

75-77

2025-08-18

JISMONIY TARBIYA TA’LIMINING NAZARIY ASOSLARI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya ta’limining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari va rivojlanish dinamikasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jismoniy tarbiya qadimiy jamiyatlardan tortib to hozirgi zamon pedagogik tizimlarigacha ko‘plab tarixiy, madaniy, fiziologik va sotsiologik omillar ta’sirida rivojlanib borgan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya metodikasining shakllanishiga ta’sir qilgan klassik yondashuvlar, sport pedagogikasi va zamonaviy integratsion metodlar o‘rganilgan.

Sirojiddin Ilyosboyev

135-138

2025-04-30

MAKTABGACHA YOSHDA PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISH TAVSIFI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi, uning xususiyatlari va asosiy omillari tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh — inson rivojlanishida eng muhim davr bo‘lib, bu davrda bolaning jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy jihatdan shakllanishi boshlandi. Maqolada bolaning nevrologik va psixologik rivojlanishi, sezgi va idrok qobiliyatlari, til va nutq rivoji, ijtimoiy ko‘nikmalarining shakllanishi, shuningdek, maktabgacha ta’limning ushbu jarayondagi roli keng yoritiladi. Shu bilan birga, bolalarning psixofiziologik rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash metodlari ham tahlil qilinadi. Maqola maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari, ota-onalar va psixologlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Oʻgʻiloy Amanullayeva, Bobur Sattorov

49-51

2025-11-24

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN JISMONIY RIVOJLANISH DASTURLARINI TUZISH

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy rivojlanish dasturlarini tuzish, bolalarning jismoniy sog‘lig‘ini ta'minlashda, shuningdek, ularning ruhiy va psixologik holatiga ham katta ahamiyat beradi. Mazkur dasturlar, bolalar organizmining tabiiy rivojlanishiga moslashgan holda, har bir yosh guruhining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib ishlab chiqiladi.

Avazbek Raxmatov

83-86

2025-05-26

JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG’LOM TURMUSH TARZI SHAKLLANISHI SOHALARI KOMPETENSIYALARI

Mazkur maqolada jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi shakllanishi masalalari yoritilgan. Inson salomatligini mustahkamlashda jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, psixologik barqarorlik va ekologik omillarning o‘rni ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarziga oid kompetensiyalarni shakllantirishning ijtimoiy va pedagogik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Halimaxon Boboyeva

16-20

2025-10-17

PSIXIKANING ONTOGENEZDA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada psixikaning ontogenez davomida rivojlanish bosqichlari ilmiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Maqolada homiladorlik davridan boshlab, chaqaloqlik, bolalik, o‘smirlik, voyaga yetish va qarish davrlarigacha bo‘lgan psixik jarayonlar, ularning kognitiv, hissiy va ijtimoiy salohiyatga ta’siri yoritilgan.

O‘tkirbek Davlatboyev

18-19

2025-11-24

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY SIFATLARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolafa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moslashuvchan va tabaqalashtirilgan ta’limni samarali joriy etish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash masalalari ko`tarilgan.

Soxiba Achilova

69-71

2023-06-09

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISH DARAJASINI ANIQLASH

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash haqida so’z borgan.

Ra’no Burxonova

147-149

2022-06-06

XAYOLNING TURLARI VA RIVOJLANISH JARAYONLARI

Maqolada xayol tushunchasi, uning turlari va rivojlanish jarayonlari psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, xayolning kognitiv, ijtimoiy va emotsional omillar bilan bog‘liqligi, yosh davrlarda rivojlanish xususiyatlari va ijodiy faoliyatdagi roli yoritiladi.

Sarvinoz Raxmatullayeva

27-29

2025-11-27

MАKTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАRNI HАRАKАTLI О‘YINLАR ОRQАLI JISMОNIY SIFАTLАRINI RIVОJLАNTIRISHDА DIDАKTIK PRINTSIPLАRGA TAYANISH

Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish erta bolalik ta'limining muhim tarkibiy qismi bo'lib, umumiy salomatlik va farovonlikka sezilarli hissa qo'shadi. Ushbu maqolada, xususan, harakatli o'yinlardan foydalanish orqali jismoniy faoliyat samaradorligini oshirishda didaktik tamoyillarning roli ko'rib chiqiladi..

Ilhom Soliyev , Turg’unoy Axmedova

62-64

2024-06-07

BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada bog‘cha yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish jarayoni, suyak va mushak tizimining o‘zgarishi, yurak-qon tomir hamda nafas olish organlarining shakllanish xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida bolalarning jismoniy rivojlanishida tabiiy omillar bilan bir qatorda pedagogik va psixologik sharoitlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bolalarda skelet tizimining to‘g‘ri shakllanishi, yurak faoliyati va o‘pkaning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Go‘zalhon Raximova

52-54

2025-11-18

MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISHNING METODIK ASOSLARI

Maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishini boshqarish metodikasi sog‘lom avlodni shakllantirish va ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun ilmiy va amaliy yondashuvlarni qamrab oladi. Mashg‘ulot jarayonlari yosh xususiyatlari, jismoniy imkoniyatlar va individual rivojlanish sur’atlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Avazbek Raxmatov

98-101

2025-05-26

PSIXOLOGIYAD XAYOL TURLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ushbu tezisda psixologiyada xayol tushunchasining nazariy asoslari, uning turlari, shakllanish mexanizmlari va rivojlanish bosqichlari ilmiy-psixologik konsepsiyalar asosida tahlil qilinadi. Xayolning aqliy jarayonlar sistemasidagi o‘rni, idrok, tafakkur va emotsional jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, shaxsning ijodiy salohiyatiga ta’siri yoritilgan.

Ismoil Turdimuratov

9-11

2025-11-24

BIOGENETIK NAZARIYA MOHIYATI VA TANQIDIY TAHLIL

Ushbu maqolada biogenetik nazariyaning psixologik va pedagogik mazmuni, uning ilmiy asoslari hamda tarixiy rivojlanish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Biogenetik nazariya inson psixik rivojlanishini filogenez jarayonining qisqartirilgan va qaytarilgan shakli sifatida izohlaydi, ya’ni ontogenez filogenezni takrorlaydi degan g‘oya uning markazida turadi. Maqolada E. Gekkel va F. Myuller tomonidan ilgari surilgan ushbu nazariyaning asosiy tamoyillari, psixik rivojlanishni tushuntirishdagi kuchli jihatlari bilan birga, uning bir qator cheklovlari ham yoritiladi.

Bobur Xasanboyev

7-9

2025-11-27

KREATIVLIK TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH OMILLARI

Ushbu maqolada kreativlik tushunchasi, uning xususiyatlari va rivojlanish omillari ilmiy yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Maqolada shaxsning ijodiy qobiliyatini shakllantiruvchi biologik, psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar, shuningdek motivatsiya, erkin fikrlash va ijtimoiy muhitning kreativlik rivojiga ta’siri yoritilgan.

Jaloliddin Utelbayev

12-13

2025-11-24

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA HARAKATLI O’YINLARNI TASHKIL QILISH VA TAYYORLOV BOLALARDA AXLOQIY VA IRODAVIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada harakatli o’yinlar va ularning kelib chiqish tarixi va uni maktabgacha ta’lim tashkilotlarda qo’llashning ahamiyati, bolalarning jismoniy rivojlanishidagi o’rni haqida va harakatli o’yinlarni tashkil qilishda ota-onalar, tarbiyachi pedagog va jismoniy tarbiya yo’riqchisining ahamiyati haqida bayon etilgan.

Muyassar Kodirova

198-200

2023-12-16

«JISMONIY TARBIYA FANI NAZARIYASI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Hozirgi kunga kelib barcha murabbiylarga, o‘qituvchilarga, sportchilarga ma‘lum bo‘lishi kerakki, yengil atletikaning turlarini o‘rgatish dava o‘quv mash‘gulotlarida maxsus tayyorlov mashqlarining ahamiyati juda katta.

Ravuf Shaymardanov

231-234

2022-11-22

KRANIOMETRIK TADQIQOTLARNING ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI ROLI

Ushbu  ilmiy  maqolada  jismoniy  rivojlanishni ilmiy tadqiqotlarga  asoslangan  holda o‘rganishda, bolalar jismoniy  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochib berishda     kraniometrik   tadqiqotlarning  tutgan  o’rni,  ushbu   yo’nalishda  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan   olimlarning    fikr  va  mulohazalari,  kraniometriyaning   bugungi  zamonaviy   tibbiyotdagi   ahamiyati  va   rivojlanish  istiqbollari  haqida  yoritilgan.

Shohjahon Adhamov

119-122

2023-11-20

MAKTAB YOSHGACHA BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada maktab yoshgacha bolalarining jismoniy rivojlanishi xususiyatlari haqidagi fikrlar yoritib berilgan

Surayyo Mahmudjonovna

5-6

2022-03-23

KO‘P YILLIK SPORT TAJRIBASIGA EGA MALAKALI KURASHCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISH DARAJASINI BAHOLASH

Milliy Kurash sport turini butun dunyoga taratish va yozgi Olimpiada dasturiga kiritish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu nuqtai nazardan yuqori malakali kurashchilarning tayyorgarlik tizimini optimallashtirish, sportchilarning morfofunksional ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ularning texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirishning ilmiy asoslangan uslubiyatlarini ishlab chiqish muhim axamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanish darajasini baholash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan.

Juma To‘xtayev

107-111

2024-06-24

QOBILIYATLAR, TALANT VA ULARNING TABIIY SHARTLARI

Maqolada insonning qobiliyatlari va talantlari tushunchalari, ularning rivojlanish mexanizmlari, tabiiy va ijtimoiy shartlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, genetik, fiziologik, psixologik va ijtimoiy omillar qobiliyat va talantning shakllanishidagi o‘rni, shaxsiy va pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi.

Shohruh Yusupov

91-92

2025-11-30

PSIXOLOGIYADA INDIVID VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI

Ushbu maqolada psixologiyada “individ” va “individuallik” tushunchalari tahlil qilinadi. Maqolada individning psixologik mohiyati, individuallikning shakllanishi, asosiy nazariy yondashuvlar va shaxsning ijtimoiy-madaniy muhit bilan o‘zaro ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individuallik shaxsning noyob xususiyatlarini ifodalaydi va shaxsiy rivojlanish, ta’lim, kasbiy faoliyat va ijtimoiy moslashuv jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Joʻrabek Umarov

124-125

2025-11-24

1 - 25 of 32 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy