Mazkur maqolada jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi shakllanishi masalalari yoritilgan. Inson salomatligini mustahkamlashda jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, psixologik barqarorlik va ekologik omillarning o‘rni ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarziga oid kompetensiyalarni shakllantirishning ijtimoiy va pedagogik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.