Ushbu tezis qishloq joylarda kichik biznes subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda innovatsion va agrotexnologik yechimlarning rolini o‘rganadi. Tadqiqotda zamonaviy sug‘orish tizimlari, dronlar, monitoring va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari kabi texnologiyalarning mahsulot hosildorligi, xarajatlarni kamaytirish va sotuv hajmini oshirishdagi samarasi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat siyosati va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.