Mazkur maqolada tibbiyot ta’limi kontekstida klinik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda intellektual, motivatsion, emotsional va predmetli-amaliy sohalarning o‘zaro integratsiyalashgan ta’siri tahlil qilinadi. Kliniko-pedagogik hamkorlik, talabalarda kasbiy o‘zlikni anglash, tanqidiy fikrlash, emotsional barqarorlik, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar asosida qaror qabul qilish kabi muhim jihatlar klinik tafakkur kompetensiyasini rivojlantirishda hal qiluvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, klinik kompetensiyalarning shakllanishida empatiya, professional mas’uliyat, refleksiv yondashuv va multidissiplinar hamkorlikning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida klinik fikrlashni yuksaltirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik shartlar batafsil yoritilgan.