Ushbu maqola kognitiv tilshunoslikning shakllanishi, asosiy tushunchalari va nazariy tamoyillari haqida fikr yuritadi. Unda konsept, konseptualizatsiya, freym, ssenariy va skript kabi mental birliklarning til sistemasidagi ahamiyati tahlil qilinadi hamda kognitiv yondashuvning zamonaviy lingvistik paradigmadagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.