Maqolada lezerli yer tekislagich bilan tekislangan yerlarda go’zani o’sib-rivojlanishi va hosildorligi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan bo’lib, lazerli yer tekislagich bilan tekislangan maydonda tuproqning sug‘orish oldi namligi ChDNS ga nisbatan 70-80-65 % bo‘lganda, g‘o‘zaning bo‘yi 85,6 sm., hosil shoxlari 10,7 dona, ko‘sak soni 11,2 dona va 1-sentyabrda ochilgan ko‘saklar soni 7,3 donani tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan hosil shoxlari 0,5 donaga, ko‘saklarining soni 0,8 donaga va 1-sentyabrda ochilgan ko‘saklar soni 1,1 donaga ko‘p bo‘lganligi kuzatilgan bo’lsa bir sentner paxta yetishtirish uchun 58,8 m3/s suv resurslari sarflanib, 37,8 s/ga paxta hosili olishga erishilganligi haqida ilmiy natijalar keltirilgan.