Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

LINGVOKULTUROLOGIYA VA TIL TAVSIFIGA ANTROPOTSENTRIK YONDASHUV

Lingvokulturologiya – tilshunoslikning alohida sohasi hisoblanadi. Kishilar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy-siyosiy,  madaniy  kommunikativ  jarayonlar  tilshunoslik  sohasida  tillarning  o‘zaro  munosabati  va  til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator masalalarni kun tartibiga qo‘yishmoqdalar. Bu esa tilshunoslik va madaniyatshunoslik o‘rtasida alohida, o‘z yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha –lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Maftuna O‘rmonova

112-116

2023-09-29

LINGVOKULTUROLOGIYA. FARIDA AFRO‘Z IJODIDA TIL VA MADANIYAT MASALALARI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya haqida, til va madaniyat tadqiqi  masalalari to‘grisida ma’lumot berilgan, Farida Afro‘z she’riyati misolida yoritilgan.  Bundan tashqari, ilmiy maqolada lingvokulturologik birliklar, muqobilsiz leksika haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Feruza Topildiyeva

50-54

2023-02-20

TO‘RA SULAYMON IJODIDA DIALEKTIZMLARNING BERILISHI VA ULARNING LINGVOMADANIY IMKONIYATLARI

Ushbu maqola tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir To‘ra Sulaymon she’riyatidagi lingvokulturologik aspektlari, ya’ni shoirning she’rlarida qo‘llangan dialektizmlar xususida, lingvomadaniyatshunoslik va etnolingvistika  kabi jihatlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, To‘ra Sulaymon she’riyatida lingvokulturologik birliklar nafaqat estetik maqsadga, balki milliy o‘zlikni anglash va uni avlodlarga yetkazish vazifasiga xizmat qilishi ilmiy asosda yoritib berilgan.

Rashida Xakimjonova

181-184

2025-10-27

LINGVOKULTUROLOGIYA SOHASIDA HAYVONLAR NOMI ORQALI YUZAGA KELUVCHI RAMZLARNING SEMANTIK TAHLILI.

Ushbu maqolada  lingvokulturologiya sohasi va shu sohaning muhim birliklaridan biri bo’lgan - ramz tushunchasi  haqida ma’lumotlar yoritilgan. Maqolada hayvonlar bilan bog’liq ramzlar semantikasi  o’zbek madaniyati, o’zbek xalq og’zaki ijodi va uning adabiyoti  asosida atroflicha ko’rib chiqiladi. Shuningdek, kerakli o’rinlarda madaniyatlararo    hayvon ramzlari qiyosiy tahlil qilinadi va ular yordamida zarur tushunchalar yoritib beriladi.

Marjonabonu Turg’unova

24-27

2024-09-25

SCIENTIFIC RESEARCH ON THE AXIOLOGICAL CONCEPT OF "FRIEND-ENEMY" IN LINGUISTICS

In today's developed linguistics, it is important to analyze the relationship between sciences. The field of linguoculturology is also a new field that analyzes the problems between language and culture. This article discusses the linguocultural analysis of the concept of "friend-enemy" in linguistics. This issue is currently important in the Karakalpak language. The purpose of the article is to identify the process of analyzing the concept of "friend-enemy" in linguistics and compare it with work on the Karakalpak language. The article also provides information about the characteristics and similarities of work on the concept of "friend-enemy" in Russian, Uzbek, Kyrgyz, Agul, and Rutul languages. The article uses semantic and conceptual analysis methods. This article serves as an important factor in creating scientific works in the field of linguoculturology.

Dilfuza Asanova

72-77

2025-03-27

LINGVOKULTUROLOGIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani va uning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, til orqali milliy tafakkur va qadriyatlarning aks etishi lingvokulturologik yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohani shakllantirgan va rivojlantirgan yetuk olimlarning ilmiy qarashlari hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilayotgan lingvokulturologik tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqolada madaniy semantika, frazeologik birliklar, milliy obrazlar kabi tushunchalarning tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi.

Dildora Jumaniyozova

21-23

2025-07-21

LINGVOKULTURALOGIYANING KELIB CHIQISH TARIXI

Inson o’zida mujassam bo’lgan madaniyati bilan birgalikda, konsept orqali boshqa xalqlarning, millatlarning madaniyatiga, mental dunyosiga murojaat qiladi va o’rganadi. Kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, adabiyotshunoslik kabi fanlarida konseptning izohi turlicha bo’ladi. O‘tgan asrning 80-yillariga qadar konsept va tushuncha so‘zlari bir-biriga sinonim sifatida ishlatilgan, ammo bugungi kunga kelib konsept tushuncha terminiga nisbatan kengaygan holda ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin.

Sobirjonova Muxlisa , Qayumova Mohinur

379-383

2022-03-07

LINGVOKULTUROLOGIYA HÁM ONIŃ IZERTLENIWI

Til – mádeniyattıń ajıralmas bólegi bolıp sanaladı. Onı biliw, ózlestiriw milliy oylawdıń arnawlı belgilerin qáliplestirip jetistiriw arqalı ámelge asadı. Mádeniyat tilde, tekstte ómir súredi. Til menen mádeniyat bir-biri menen tıǵız baylanıslı bolǵanlıqtan, tildi mádeniyattan, mádeniyattı tilden ajıratıp bolmaydı. Lingvokulturologiya (mádeniyattanıw) insan sanasın tábiyat, jámiyet, kórkem óner, sociallıq hám mádeniy bolmıstıń basqa kórinisleri menen baylanıslı úyrense, til ilimi tilde dúnyanıń ózine tán ruwxıy modeli sıpatında kórinetuǵın dúnyatanımdı úyrenedi.  

Qızlargúl Mámbetalieva

127-128

2024-12-18

ZARKENT SHEVASIDAGI SO‘ZLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

Maqolada  lingvokulturologiya fani hamda dialektologiya fanlarining uzviy bog‘liqligi, o‘zbek tili shevalaridagi rang-barangligi haqidagi tushunchalar yoritilgan. Mazkur maqolada sheva vakillari nutqidan yozib olingan ayrim so‘zlar dialektologik jihatdan tahlilga tortildi.Maqolada Parkent tumani Zarkent qishlog‘i sheva leksikasini o‘rganish uchun tavsifiy, qiyosiy-tarixiy metodlardan foydalanildi. Shuningdek, shevaga xos so‘zlardan o‘rta maktab o‘quvchilari nutq vaziyatida qay darajada to‘g‘ri va faol qo‘llay bilishi xususida ham bir qator fikrlar berilgan.

Muattarxon Turdixo‘jayeva

262-266

2023-04-29

LINGVOKULTURALOGIYA – TIL VA MADANIYAT TARKIBIDAGI YANGI FAN

Ushbu maqolaga ko‘ra, til inson va jamiyat madaniyatini qanday aks ettirishini o‘rganish boshqa madaniyatlar va mentalitetlarni tushunishimizga, shuningdek, madaniyatlararo muloqotning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, tilshunoslikning yangi tarmog‘i bo‘lgan lingvokulturologiya tushunchasini umumlashtiriladi va qator olimlarning ishlari muhokama qilinadi.  Ushbu maqolada o‘quvchiga til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini  va ularning jamiyatdagi hayotiy rolini tushuntiriladi. 

Sitora Toshtemirova

131-134

2022-10-12

JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR

Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari, shuningdek, ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning lingvokulturologiya orqali o‘rganilishi jahon tilshunosligida muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuvlar yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tadqiqotda korpus lingvistikasi, matnshunoslik, so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanilib, madaniyatning til orqali ifodalanishi, madaniy kodlar va metaforalarning shakllanishi o‘rganildi. Natijalar til va madaniyatning murakkab o‘zaro ta’sirini, milliy madaniyatning lingvistik aks etishini ko‘rsatadi hamda lingvokulturologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.

Mirjalol Mirzaahmedov

29-31

2025-06-09

QISHLOQ XO‘JALIGI TERMINLARI VA LINGVOMADANIY BIRLIKLAR.

Ushbu maqola lingvokulturologiya fanining mohiyatini, xususan, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi hamda til birliklarida milliy-madaniy xususiyatlarning aks etishini ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maqolada badiiy matn shunchaki voqea bayoni emas, balki xalqning milliy-madaniy qadriyatlari, urf-odatlari va dunyoqarashini o‘zida mujassam etgan "tirik oyna" ekanligi ta'kidlanadi. Yozuvchi qo‘llagan tasviriy vositalar (o‘xshatishlar, metaforalar, maqol va iboralar) asarning badiiyligini oshirish bilan birga, unga chuqur milliy-madaniy mazmun bag‘ishlashi va bunday matnlarning o‘zbek millatining tafakkur tarzini avloddan-avlodga yetkazuvchi bebaho meros sifatida lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq etilishi zarurati asoslanadi

Nargizaxon Meliyeva

81-85

2025-12-22

MILLIY-MADANIY STEREOTIPLARNING LISONIY IFODALANISHI VA MADANIYATLARARO MULOQOTDAGI ROLI

Mazkur maqolada milliy-madaniy stereotiplarning o‘zbek tilidagi lisoniy ifodalanishi, ularning lingvomadaniy talqini hamda madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Milliy stereotiplar tilning leksik-semantik, frazeologik va metaforik qatlamlarida mustahkamlanib, milliy mentalitet va madaniyatning uzviy ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi. Lingvokulturologiya va kognitiv lingvistika nazariyalari asosida stereotiplarning til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy aloqasi, ularning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi funksiyalari yoritiladi. Zamonaviy globalizatsiya va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi milliy stereotiplarning yangilanishi va kommunikativ moslashuvchanligini ta’minlab, ularning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini oshirmoqda. Maqola milliy-madaniy stereotiplarni til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi kontekstida tadqiq etib, ularning lingvistik kodlash va pragmatik jihatlarini chuqurroq anglashga hissa qo‘shadi

Botir Tojiboyev, Gulnora Abdullayeva

7-11

2025-06-30

OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILIDAGI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Lingvokulturologiya fani, birinchi navbatda, maqollarning mazmun tomoniga e’tibor qaratadi hamda bu borada boshqa gumanitar fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Maqolada qiyoslash uchun keltirilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligiga xos xususiyatlarni ifodalovchi maqollarni tahlil qilish madaniyatlar qiyosini oʻrganish imkonini beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlarini oʻz ichiga olgan oʻzbek va qoraqalpoq maqollari manba sifatida ishlatiladi.

Nargiza Aytniyazova

83-86

2024-06-24

OʻZBEK TILIDAGI PAREMIYALARNING CHOGʻISHTIRMA ASPEKTDAGI TADQIQI

Oʻzbek tilini oʻrganish va uni rivojlantirish borasida juda koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilganligini bilamiz, albatta. Soʻnggi yillarda oʻzbek tilining yangi sohasi boʻlmish psixolingvistika, neyrolingvistika, lingvokulturologiya yoʻnalishlarida ham bir qancha koʻzga koʻrinadigan tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.  Lingvistik  tadqiq  metodlari  rang-barang boʻlgani  holda  fanimizda  ularning  mukammal  tasnifi  haligacha berilmagan.  Lingvistik tadqiq  metodlari odatda  sixronik  va  diaxronik tadqiq usullari sifatida ikki guruhga ajratiladi.

Kumush Nabiyeva

63-66

2025-10-27

TILSHUNOSLIKDA O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK VA LINGVOPRAGMATIK JIHATLARI

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi maqollarining o‘rni ko‘rib chiqiladi va mashhur yozuvchi va tadqiqotchilarning maqollar ustidagi ishlari qisqacha yoritilgan, shuningdek, maqollarning o‘rni va ma’nosi keltirilgan, masalan, inson hayotidagi maqollar.

Lochinbek Yuldashev

82-84

2025-04-16

INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI QARINDOSHLIK HAQIDAGI MAQOLLARNING QIYOSIY TAHLILI.

ushbu maqola yaxshilik va yaxshi hulq haqidagi ba'zi ingliz va o'zbek maqollarining semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Ayrim maqollarning boshqa tildagi ekvivalentlari tarjimaning bir qancha muhim innovatsion usullarini aniqlash va ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘ziga xosliklarini qarama-qarshi qo‘yish maqsadida ularni boshqa tilda izohlash uchun berilgan. Ushbu ishning natijalari va misollari qarindoshlik va mehr-muhabbat haqidagi ingliz va o'zbek maqollarining ma'nolaridagi ba'zi farqlarni ajratish va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini o'rganishga yordam beradi.  

Nozima Gafurova , Sayyora Qayumova

81-83

2023-05-06

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA ONOMASTIK BIRLIKLAR TADQIQI

Mazkur tadqiqot Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi onomastik birliklarning lisoniy va lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Asarda qo‘llanilgan toponimlar, antroponimlar va etnonimlar tarixiy-etimologik hamda semantik jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqot davomida “Boburnoma” nafaqat tarixiy va adabiy manba, balki XVI asr o‘zbek onomastik tizimini aks ettiruvchi boy lisoniy xazina ekanligi asoslab beriladi.

Gulasal Xusanova

74-76

2026-01-21

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TURIZM ATAMALARINING MILLIY XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida turizm sohasi atamalarining shakllanishi, ularning lingvokulturologik va milliy xususiyatlari tahlil qilingan. Har ikki tilga xos bo‘lgan terminologik yondashuvlar, madaniy asoslar va milliy qadriyatlarning tilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Misollar asosida ikki til orasidagi semantik farqlar, terminlarning moslashuvi, shuningdek, mavzuning amaliy ahamiyati yoritilgan.

Dilnoza Yulchiyeva

123-124

2025-08-22

O‘ZBEK TILI MUSIQA TERMINLARI TADQIQI

Ushbu maqolada musiqa terminlarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi tadqiq etilgan bo‘lib, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur tilshunoslik nuqtayi nazardan tahlili hamda antroposentrik jihatdan ahamiyati bayon qilingan.

Shohsida Eshbo‘tayeva

94-96

2024-12-11

NEMIS MAQOLLARIDA MILLIY MENTALITET VA MADANIY QADRIYATLAR IFODASI

Til millatning ruhiyati va tarixiy xotirasining ifodasidir. Nemis tili maqollarida xalqning dunyoqarashi, hayotiy falsafasi, mehnat, vaqt, intizom va jamiyatdagi o‘zaro hurmatga asoslangan qadriyatlari mujassamdir. Ushbu tadqiqot nemis xalqining mentalitetini maqollar orqali yoritish, ularning semantik va kognitiv asoslarini aniqlash hamda madaniyatlararo kontekstda tahlil qilishga qaratilgan.

Dilrabo Rahmatullayeva

41-43

2025-10-31

INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDAGI MADANIY TAFOVUTLAR

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollar madaniy, semantik va metaforik jihatdan tahlil qilinadi. Maqollar xalq tafakkuri va madaniy merosining ifodasi sifatida ikki xil til va madaniyatda qanday aks etishi ko‘rib chiqiladi. Taqqoslash asosida o‘zbek va ingliz maqollarida ustuvor g‘oyalar, axloqiy qadriyatlar, obrazlar tizimi, ifoda uslubi va lingvokulturologik farqlar yoritiladi. Maqolada ayniqsa metaforik vositalar, diniy va dunyoviy elementlar, vaqtdan foydalanish, shaxsiy mas’uliyat, jamiyatga munosabat kabi madaniy komponentlarning aks etishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari til o‘rganish va tarjima jarayonida madaniyatlararo farqlarning e’tiborga olinishi zarurligini ko‘rsatadi.

Zuxro Anvarbekova

138-140

2025-05-21

SO‘ZLARNING BIRIKISH USULLARIGA OID AYRIM NAZARIY YONDASHUVLAR

mazkur maqolada so‘z, uning birikish usullari, semantik tuzilishi va boshqa so‘zlar bilan aloqasi yoritilgan. So‘zlarning leksik, grammatik xususiyatlariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratilishi va klassifikatsiyalanishi shuningdek, so‘z va so‘z birikmalari paradigmasining vujudga kelishi bayon etilgan.

Dilshoda Mirzayeva , Dinora Baydjanova

122-125

2023-05-15

INGLIZ VA QORAQALPOQ OILALARINING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

Maqolada ingliz va qoraqalpoq tillarida "oila" konsepti lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Oila konseptining milliy va umuminsoniy xususiyatlar, marosimlar, qadriyatlar, lisoniy birliklarda aks etishi ko‘rsatib berilgan. Qiyosiy tahlil orqali har ikkala madaniyatda ham oilaning jamiyatdagi o‘rni va ma’naviy ahamiyati ochib beriladi.

Ayzada Babadjanova

37-40

2025-10-08

URF - ODAT NOMLARI PARADIGMASI, OʻZBEK VA INGLIZ XALQLARI URF-ODATLARI XUSUSIYATLARI, OʻZIGA XOSLIGI

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz xalqlari urf-odatlari paradigmasi lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ushbu xalqlarning urf-odat nomlari, ularning kelib chiqishi, ijtimoiy-madaniy ahamiyati va tarixiy ildizlari o‘rganiladi. Tezisda o‘zbek va ingliz xalqlari urf-odatlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning leksik-semantik tarkibi va madaniy konnotatsiyalari qiyosiy aspektda yoritiladi. Shuningdek, milliy an’ana va qadriyatlarning jamiyatdagi o‘rni va ularning lingvistik namoyon bo‘lishi haqida fikr yuritiladi.

Maftunaxon Moʻydinova

45-49

2025-02-10

1 - 25 of 101 items 1 2 3 4 5 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy