Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida insonparvarlik g‘oyalarining tarixiy taraqqiyoti keng yoritilgan. Qadimgi yozma yodgorliklardan boshlab, Sharq Uyg‘onish davri, Temuriylar adabiy maktabi, jadidchilik davri va mustaqillikdan keyingi zamonaviy adabiyotda insonparvarlikning turli ko‘rinishlari tahlil qilingan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Tog‘ay Murod kabi ijodkorlarning asarlari misolida inson qadr-qimmati, adolat, rahm-shafqat, ozodlik va ma’naviy barkamollik g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, olimlarning fikrlari keltirilib, adabiyotshunoslikdagi qarashlar bilan boyitilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, insonparvarlik g‘oyasi o‘zbek adabiyotining barcha davrlariga xos bo‘lib, u milliy va umuminsoniy qadriyatlarni birlashtiruvchi muhim ma’naviy asosdir.