Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal janri tabiatida bu muammoning ildizlariga murojaat qilish koʻp uchramoqda. Xususan, birgina tarixiy janrning toʻliq badiiy qiymati va bu boradagi zamonaviy masalchilik izlanishlari timsolida jiddiy tekshirish, uni yondosh sohalar bilan omuxta oʻzrganish hamisha ishonchni oqlaydi. Masal tabiatida oʻsib-oʻzgarib borayotgan badiiyat qonuniyatlari hali misli koʻrilmagan sintezlashuvni yuzaga chiqishiga zamin hozirlamoqda. Badiiy masal yunon madaniyatidan ibtidolanib, uni makon va zamon tushunchasi negizida tahlil qilish modifikasion birliklar yigʻindisini kashf qilishga imkon sharoit tugʻdiradi. Shunday ekan, har qanday janr shakl plastik oʻzgaruvchanligini inobatga olsak, uning davrlar osha sayqallanib borishiga shak-shubha yoʻq.