Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida tengsizlik tushunchasini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tengsizlik mavzusi asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, taqqoslash, tahlil qilish hamda mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqolada tengsizlik tushunchasini o‘qitishda yosh xususiyatlariga mos metodik yondashuvlar, ko‘rgazmali vositalar va amaliy mashqlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan..
2026-02-17