Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

MATN VA UNING TURLARI

Ushbu maqolada matn, matnning turlari, matn tilshunosligi, uning tarixi, olimlar fikri haqida umumiy tushunchalarni aytib o`tilgan. Matn tilshunosligi fani aynan badiiy matnni o’rganish, tilning estetik vazifasini tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi tilshunoslikning bir sohasidir.

Xasanova M.S.

364-368

2021-12-31

MATN TILSHUNOSLIGI: NAZARIY ASOSLAR VA LINGVISTIK XUSUSIYATLAR

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matn tilshunosligi tushunchasi nazariy va amaliy jihatdan atroflicha yoritilgan. Tadqiqot davomida matn tilshunosligining shakllanish tarixi, asosiy tushunchalari hamda tilni kommunikativ birlik sifatida o‘rganishdagi o‘rni tahlil qilindi. Shuningdek, matnning yaxlitligi, mantiqiy bog‘liqligi va mazmuniy izchilligini ta’minlovchi omillar — kohesiya va koherensiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadqiqot nazariy va amaliy metodlar asosida olib borildi. Nazariy qismda yetakchi tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, matnni lingvistik birlik sifatida talqin qilish masalalari o‘rganildi. Amaliy qismda esa oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning va maktab o’quvchilarining yozma ishlari asosida matn tilshunosligi elementlarining ta’lim jarayonida qo‘llanishi kuzatildi va tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, matn tilshunosligi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalar yozma nutqining mantiqiyligi, ravonligi va tuzilishining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari matn tilshunosligini akademik yozuv, nutq madaniyati va til o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish zarurligini asoslab beradi. Mazkur maqola matn tilshunosligini o‘rganayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda til o‘qituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shoira Xaydarova , Nesbali Xolmo’minova

115-118

2025-12-30

MATN USTIDA ISHLASH ORQALI OʻQUVCHILARINI IJODIY FIKRLASHGA OʻRGATISH

Ushbu  maqolada  matn  ustida  ishlash  va  tahlil  qilish  orqali boshlangʻich  sinf  oʻquvchilarini  ijodiy  fikrlashga  yoʻnaltirish  haqida  soʻz yuritilgan.

Z.D. Yarasheva, D.D. Dusmatova

28-30

2023-01-06

MATN VA GRAFIK MUHARRIRLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Matn va grafik muharrirlari bo‘limini o‘qitish metodikasi matnni yaratish, tahrirlash va grafikalashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga keng qamrovli bilim va ko‘nikmalar beradi. O‘quvchilar matn muharrirlaridan (Microsoft Word, Google Docs) va grafik muharrirlaridan (Adobe Photoshop, Illustrator, Canva) samarali foydalanishni o‘rganadilar. Ushbu metodika, matnni tahrirlash, tasvirlarni yaratish va dizayn elementlarini qo‘llashni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash va vizual kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Matn va grafik muharrirlaridan foydalangan holda o‘quvchilar maketlar, infografikalar, reklama bannerlari, taqdimotlar, va boshqa vizual materiallar yaratadilar. Metodika o‘quvchilarga dizayn va matn yaratishda vizual va estetik tamoyillarni o‘rgatish bilan birga, grafikalarning ma’lumotlarni samarali taqdim etishda qanday rol o‘ynashini tushunishga yordam beradi.

Sadoqat Normurodova, Dilrabo Ergashova

89-92

2025-02-28

BADIIY MATNNING KOMMUNIKATIV XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola ingliz va o’zbek tilshunosligidagi matnning kommunikativ xususiyatlari hamda shu sohada faoliyat yuritgan olimlarning fikr-mulohazalariga bag‘ishlangan. Muallif ikki til doirasidagi murojaatning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladi .Kalit so’zlar: matn, badiiy matn, kommunikativlik, matn tilshunosligi.

Yulduzkhon Rustamova

180-183

2023-03-30

MATN BILAN ISHLASH DASTURLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Matn bilan ishlash dasturlari bo‘limi o‘quvchilarga matnli ma'lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu bo‘limda matn tahrirlash dasturlari, formatlash vositalari, matnni tahlil qilish va ishlov berish jarayonlari o‘rgatiladi. O‘quvchilar Microsoft Word, Google Docs, LaTeX kabi matn muharrirlari bilan ishlashni o‘rganib, matnni samarali tarzda yaratish, tahrir qilish va formatlashni amaliyotda qo‘llashadi.

Zilola Amirova, Madadjon O‘ktamov

32-34

2025-03-10

ADABIYOT OʻQITISH METODIKASIGA XOS BOʻLGAN TAMOYILLAR

Ma’lumki, ta’limning barcha bosqichlarida badiiy adabiyot va uning imkoniyatlarida foydalaniladi. Adabiyot darsida eng asosiy obyekt bu – badiiy matn. Shunday ekan, adabiyot oʻqitish metodikasiga xos boʻlgan tamoyillarni tushunish va ularni adabiyot darslarida ongli qoʻllay olish uchun adabiyot oʻqituvchisidan birinchi navbatda matn, xususan, badiiy matn mutolaasi jarayonining ilmiy asoslarini tushunish talab qilinadi. Mutolaa – oʻziga xos gʻayrioddiy jarayon.mazkur maqolada mutolaaning muhim bosqichlari, o‘quvchini badiiy matn mutolaasiga tayyorlash haqida metodik yondashuvlar haqida fikr yuritiladi.

Nodira Yangibayeva, Iroda Narimmatova

16-18

2025-12-08

MATN YARATİSH VA MATN USTİDA İSHLASHNİNG DİDAKTİK PRİNSİPLARİ

Ushbu maqolada ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish haqida so‘z yuritiladi.

Zulfiya Saidnasimova

53-58

2022-02-15

8- VA 9-SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA MATN YOZISH TOPSHIRIQLARINING PSIXOLINGVISTIK TAHLILI

Mazkur maqolada 8- va 9-sinf ona tili darsliklarida matn yozish topshiriqlarining psixolingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish nuqtayi nazaridan, o‘quvchilarni matn yaratish jarayonida dekodlash, kodlash, xotira va assotsiatsiyalar, nutqiy reja tuzish hamda bahsli munozaralar orqali dalillash kabi bosqichlarda qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqolada turli uslub va janrlarda (badiiy, rasmiy, ilmiy-ommabop, bahs-munozarali) matn yozish metodikasi hamda ushbu jarayon davomida o‘quvchilarda shakllanadigan lingvistik, kommunikativ va ijodiy ko‘nikmalar tahlil etiladi. Xulosa sifatida bunday topshiriqlar o‘quvchilarning analitik va ijodiy tafakkurini faollashtirib, nutqiy kompetensiyani mustahkamlashi ta’kidlanadi.

D. Xolmurodova, Sh. Eshbo‘tayeva

173-180

2025-04-30

BADIIY MATN TILI VA YOZUVCHI USLUBINING LINGVISTIK TAHLILI

Ushbu maqolada badiiy matn tili va yozuvchi uslubining lingvistik jihatdan o‘rganilishiga e’tibor qaratiladi. Adabiy matndagi leksik, semantik, sintaktik va stilistik birliklarning o‘ziga xosligi, yozuvchining individual uslubi bilan bog‘liq nutqiy tamoyillar tahlil qilinadi. Yozuvchi uslubini shakllantiruvchi til vositalarining funksional xususiyatlari, badiiy matnda obrazlilik, tasviriylik va ekspressivlikni ta’minlovchi omillar lingvopoetik yondashuv asosida yoritiladi. Badiiy matn tili orqali yozuvchining estetik qarashlari, dunyoqarashi va badiiy mahorati qanday namoyon bo‘lishi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.

Ikrom Bultakov

170-172

2025-11-26

MATN YARATİSH VA MATN USTİDA İSHLASHNİNG DİDAKTİK PRİNSİPLARİ

Ushbu maqolada ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish haqida so‘z yuritiladi.

Zulfiya Saidnasimova

53-58

2022-02-16

O ‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYASINI MATN TURLARI ORQALI RIVOJLANTIRISHDA ILMIY VA IJODIY TAFAKKUR QILISHGA O‘RGATISH MAZMUNI

Mazkur maqolada   ona tili darslarida  o‘quvchilarning og ‘zaki va yozma matn yaratish qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos funksiyalari,kontekst, matn leksemasining  konseptual asoslanishi, nutqiy birliklar,  nutqiy ko‘nikma,  nutqiy kompetensiya elementlari, og‘zaki va yozma nutq o‘stirish, ijodiy va kreativ fikrlash hamda o‘quvchilarning  tafakkur qilish qobiliyatini  takomillashtirish bo‘yicha tilshunos, metodist olimlar hamda psixologlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.

O‘lmasoy Nuriddinova

37-39

2023-03-02

PRAGMALINGVISTIK YONDASHUVDA PRESUPPOZITSIYA VA LISONIY INDIKATORLAR

Mazkur maqolada presuppozitsiya hodisasining pragmalingvistik mohiyati badiiy matn materiallari asosida tadqiq etiladi. Presuppozitsiya implikativ birlik sifatida matn mazmuniy strukturasini murakkablashtiruvchi va kommunikativ ta’sirni kuchaytiruvchi vosita ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda presuppozitsiyaning logik, lingvistik, semantik, pragmatik va kommunikativ turlari ajratilib, ularni yuzaga chiqaruvchi lisoniy indikatorlar (yuklamalar, leksik birliklar, prosodik vositalar) pragmalingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, eksperimental-fonetik tahlil natijalari asosida presuppozitiv mazmunning implitsit shaklda aktualizatsiyalanishi ko‘rsatib beriladi. Maqola natijalari pragmalingvistika, matn lingvistikasi va kognitiv tilshunoslik uchun nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Shohistaxon Azamjonova

66-68

2026-01-30

MATN, TASVIR VA OVOZLI AXBOROTLARNI KODLASH SAMARADORLIGI

Ushbu maqola matn tasvir va ovozli axborotlarni kodlash jarayonini keng qamrovli tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar zamonida axborotlarni samarali saqlash, uzatish va qayta ishlash masalalari muhim ahamiyatga ega. Axborotning sifatli uzatilishi va saqlanishi, ayniqsa, texnologiyalar, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Kodlash jarayoni axborotning samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni minimallashtirish va uzatiladigan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashda asosiy vazifani bajaradi. Maqolada avval matn tasvir va ovozli axborotlarning tabiati va ularni kodlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola shuningdek, masofaviy ta’lim va onlayn kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi natijasida matn va ovozli axborotlarni kodlashga bo‘lgan talabning oshishi haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu sharoitda axborotlarni kodlash va uzatishda yangi metodlar va texnologiyalarni qo‘llash, samaradorlik va sifatni oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.

Ruxsora Abdiyeva , Malika Nurullayeva, Muhiba Yaxiyaxonova

69-74

2025-01-13

DASTXAT MATN SIFATIDA

O‘zbek  tilshunosligida oxirgi paytda tilni sistemaviy jihatdan o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalish tilning kommunikativ xususiyatini o‘rganishga ham keng yo‘l ochdi va o‘z navbatida matn lingvistikasi yuzaga keldi. Tilga kommunikativ-funksional nuqtai nazardan yondashuv asosida tilshunoslikda nutq va nutqiy jarayonga e’tibor kuchaydi, jonli muloqot va matn masalalari oldingi qatorga chiqarildi. Bu esa kommunikativ aktning yuzaga chiqish jarayonlari va uning vositalari tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti darajasiga ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Dilshoda Mirzayeva , Ulug‘bek Ergashov

60-62

2023-05-15

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI ADABIY NUTQNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarining adabiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif matn ustida ishlashning bosqichlari, metodik yondashuvlari va bolalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishdagi ta’sirini ochib beradi. Dars jarayonida badiiy matnlar asosida so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini oshirish, obrazli fikrlashni rivojlantirish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnga tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda matn ustida tizimli ishlashning ahamiyati asoslab beriladi. Ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida adabiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Dildora Ravshanova

49-55

2025-09-30

YOZUVCHI LISONIY SHAXSINING VOQELANISHIDA – INDIVIDUAL USLUB

Lisoniy shaxs til imkoniyatlaridan to‘liq foydalanuvchi, lisoniy bilimini amalda nutqi orqali namoyon eta oluvchi, tilga ta’sirini o‘tkazuvchi shaxsdir. Rus tilshunosi Y.N.Karaulov “Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan shaxs turadi”, – deya ta’kidlaydi. Badiiy matn boshqa matn turlaridan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining ijodiy mahsuli bo‘lmish badiiy matn til va shaxs munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib, unda shaxsning, ya’ni yozuvchining lisoniy bilimi, salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, olamni anglashi va uni ifodalashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Lisoniy shaxs tushunchasiga D.Niyazova “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” deb nomlangan dissertatsiyasida “Lisoniy shaxs nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi, tildan foydalanish jarayonida unga o‘z shaxsiy sifatlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi, jamiyatda shakllangan milliy-madaniy qarashlarni tilda namoyon etuvchi shaxsdir”, – deya baholaydi.

Surayyo Saatova , Ergashova Ergashova

50-53

2025-05-31

MAVZU ASOSIDA IJODIY MATN TUZISH (INSHO YOZISH) KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

O`quvchilarning erkin mavzu bo`yicha matn yaratishga maxsus tayyorlanilishi maqsadga muvofiqligi, bu jarayonda ularning ijodiy fikrlariga keng imkoniyatlar yaratilishi haqida fikrlar bayon etiladi. Berilgan ma`lum bir mavzu asosida matn tuzishga o`rgatish o`quvchining ijodiy erkinligini ma`lum darajada cheklaydi. Biroq bu cheklanish nisbiy bo`lib, faqat tahlil doirasidagina chegaralanadi. O`quvchining mavzuga ijodiy yondashishi esa oydinlashadi va shu mavzu doirasidagi ijodiy fikrlashga keng imkoniyat yaratiladi. Fikr izchilligini saqlagan holda hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlarni mantiqan to`g`ri ifodalashga keng yo`l ochib beradi. Masalan, «Mening shahrim» mavzusida matn tuzish uchun o`quvchining e`tibori shahar tarixiga, tarixiy obidalarga, xiyobonlar-u bog`larga, ko`chalar, mavzelar, muzey, teatrlar, oliy o`quv yurtlari, shag`ar transporti kabilarga qaratiladi.

Sanobar Yusupova , Sabina Beknazarova

126-128

2025-05-26

KICHIK HAJMLI MATNLARNING LINGVOSTILISTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada matn haqidagi tilshunos olimlar fikrlari, xulosalar, matn, matnning hajmiga ko‘ra turlari haqida fikr bildiriladi. Mikromatnlar til uslublarida qo‘llanishi va ularga namunalar keltiriladi.

Oygul Xamdamova , Mahliyo Husaynova

135-139

2023-10-21

KOMMUNIKATIV VA MATN TILSHUNOSLIGI

Ushbu maqolada tilni turli nuqtai nazardan tekshiradigan tilshunoslikning ikki tarmog'i bo'lgan kommunikativ tilshunoslik va matn tilshunosligi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadi. Kommunikativ tilshunoslik asosiy e’tiborni tilning kommunikativ jihatlariga qaratadi, muloqotning ijtimoiy va pragmatik tomonlarini ta’kidlaydi, “Matn lingvistikasi” esa matnlarning tuzilishi va tashkil etilishini tahlil qiladi. Ushbu maqola ikkala yondashuvning asosiy tushunchalari va metodologiyalarini muhokama qiladi, ularning tilni tushunishimizga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, u kommunikativ tilshunoslik va matn tilshunosligi o'rtasidagi integratsiya imkoniyatlarini o'rganadi va bu ikki nuqtai nazarni birlashtirishdan kelib chiqadigan sinergik foydalarni ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, tilni har tomonlama tahlil qilish uchun ham kommunikativ, ham matnli o'lchovlarni hisobga olish kerak.

Kaxramon Uskanov

146-147

2023-06-09

“SADDI ISKANDARIY” ASARINI MATN ASOSIDA ANGLASH

Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining beshinchi dostoni – “Saddi Iskandariy” asari matn asosida tahlil qilinadi. Asarda Iskandar obrazining ikki yo‘nalishi – tarixiy-harbiy faoliyati va donishmandlik-falsafiy timsoli alohida e’tibor bilan yoritiladi. Dostonning ikki qismli tuzilmasi – “Iskandarnoma” tarkibiy jihatdan tahlil qilinib, ularning voqeaviy, axloqiy va tasavvufiy mazmuni ochib beriladi. Asarda Iskandarning donishmandlar bilan muloqotlari, tasavvufiy ramzlar, adolat va sabr haqidagi hikmatlar, voqealarning ramziy ifodasi, badiiy til va uslub xususiyatlari matn asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, asarning zamonaviylik nuqtayi nazaridan dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqotda doston voqealarining aniq ketma-ketligi, badiiy vositalari va chuqur g‘oyaviy qatlamlari asosida anglashga urg‘u beriladi.

Ruxshona Olimova

68-70

2025-05-29

TIL OʻQITISHDA MATN TAHLILINING AHAMIYATI VA MUAMMOLARI

Til o‘qitishda matn tahlili o‘quvchilarga til tuzilmasini, uslubiy xususiyatlarini va ma’no qatlamlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu jarayon nafaqat til grammatikasini, balki madaniy va ijtimoiy kontekstni ham o‘rganishga imkon beradi. Matn tahlili orqali o‘quvchilar matndagi kommunikativ maqsadlarni anglaydi va til vositalarining qanday ishlatilishini o‘zlashtiradi.

Zahro Avazova

81-83

2024-10-14

MATNNING KONSTITUTIV KOMPONENTLARI VA ULARDA SINTAKTIK, SEMANTIK MUNOSABATLAR

Ushbu tezisda matnning konstitutiv komponentlari zamonaviy tilshunoslikning struktur-semantik va funksional yondashuvlari asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda matn yaxlitligini ta’minlovchi asosiy birliklar: gap, tema-rema tuzilmasi, referensial mexanizmlar hamda leksik-semantik bog‘lanish vositalarining lingvistik mohiyati ochib beriladi. Sintaktik va semantik munosabatlarning matn darajasida o‘zaro integratsiyasi alohida ilmiy muammo sifatida ko‘rib chiqilib, ularning diskursiv yaxlitlikni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi.

Shaxruza Behzodova

23-26

2025-12-22

MATN ORQALI O‘QUVCHILARNING O‘QIB TUSHUNISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQLAR

Maqolada maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini matn orqali shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qanday topshiriqlar tanlash haqida so‘z boradi.

Fazilat Sultanova

45-47

2025-05-23

O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA MULTIMODAL MATNLARNING (RASM + MATN + AUDIO) AHAMIYATI

Ushbu maqolada o‘qish savodxonligini rivojlantirishda multimodal matnlarning – rasm, matn va audio vositalarining integratsiyalashgan holda qo‘llanishi hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Multimodal materiallar o‘quvchilarning matnni tushunish, eshitish va ko‘rish orqali idrok etish, tanqidiy fikrlash, asosiy g‘oyani ajratib olish va mustaqil o‘qish malakalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada multimodal matnlarning o‘qish motivatsiyasini oshirishi, xotirani faollashtirishi va o‘quvchilarning mazmunni chuqurroq o‘zlashtirishi kabi ijobiy jihatlariga urg‘u beriladi. Shuningdek, multimodal materiallardan dars jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar, amaliy misollar va ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari keltiriladi. Tadqiqot natijalari multimodal yondashuvning zamonaviy ta’limda o‘qish savodxonligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Dinara Abdramanova

108-110

2025-12-10

1 - 25 of 314 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy