Ushbu maqolada 9-sinf adabiyot darslarida Qirg’iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodini o’rganish va o’rgatish borasida metodik tavsiyalar beriladi.O’quvchilarda vatanga muhabbat va sadoqat, millatlararo hamdo’stlik g’oyalari adibning asarlari timsolida shakllantiriladi. Shuningdek, qardosh xalqlarning adabiyotini o’rganish jarayonida ,, Muammoli vaziyat’’ , ,, Omadli raqam’’, ,, Davom ettir’’, ,, Qiziqarli savol-javob’’ metodlaridan foydalangan holda olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish borasida fikr yuritiladi.