Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

OMMAVIY MADANIYAT XURUJI VA MILLIY QADRIYATLAR: TAʼLIM TIZIMIDAGI ROLI

Maqolada ommaviy madaniyat xuruji va uning milliy qadriyatlarga taʼsiri tahlil qilinadi. Taʼlim tizimi milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Maktab va universitetlarda milliy tarix, madaniyat va qadriyatlar boʻyicha maxsus fanlar va darslar joriy etilishi, tarbiyaviy soatlar va tadbirlar orqali yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat uygʻotilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi kitoblar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va maxsus tayyorlash ishlarining ahamiyati ham koʻrsatiladi.

Abbosxon Xayridinov

157-159

2024-07-29

MILLIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING INTEGRATSION MEZON VA DARAJALARI

Ushbu maqolada zamonaviy san’at, adabiyot, musiqa va texnologiyalar orqali milliy madaniyatga yangi shakl berish mumkin. Innovatsion yondashuv milliy madaniyatni global maydonda tanitadi. Milliy madaniyatni rivojlantirish va saqlab qolishning ijtimoiy-falsafiy omillari - identifikatsiya, an’ana va qadriyatlarni davom ettirish, ta’lim-tarbiya, milliy birdamlik, davlat va jamiyat qo‘llab-quvvatlashi, globallashuv sharoitida madaniy immunitet hamda ijodkorlikdan iborat. Ushbu omillar uyg‘unlashgan taqdirda milliy madaniyat nafaqat asrab qolinadi, balki yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tariladi. Har bir millatning o‘z madaniyati va sanʼati uning xalq sifatidagi qadr-qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biridir. Insoniyat vujudga kelibdiki, o‘zining butun salohiyatini ishga solib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, mushohadakorlik borasida tinimsiz izlanadi, bundan estetik zavq oladi va bu jarayonda ruhan yuksaladi.

Gujahon Raximova

101-104

2025-10-16

YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA GLOBAL QADRIYATLARNING O‘ZARO TA’SIRI

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining yoshlarning dunyoqarashiga ta’siri, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi muammolari tahlil qilinadi. Globallashuv yoshlarning bilim va madaniy tajribalarini kengaytirish bilan birga, milliy qadriyatlarning zaiflashish xavfini ham keltirib chiqaradi. Shuning uchun yoshlarni tarbiyalashda milliy meros va universal insoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish zarurati ta’kidlanadi. Milliy madaniyat, til, an’analar va diniy e’tiqodlarning saqlanishi yoshlarning milliy o‘zligini mustahkamlashda, ularni global jarayonlarga muvaffaqiyatli moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada globallashuv sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi asosida yoshlarni tarbiyalash strategiyalari ko‘rib chiqiladi.

Eldor Abduraimov

94-98

2025-06-24

MILLIY CHOLG'U ASBOBLARI ORQALI O'QUVCHILARNING MUSIQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada milliy cholg'u asboblari orqali o'quvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili metodiga asoslanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning milliy cholg'u o'qitishdagi qo'llanilishi, musiqiy madaniyat shakllanishining nazariy asoslari va interfaol o'qitish metodlari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, milliy cholg'u asboblari orqali musiqiy madaniyat shakllantirishda kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon an'anaviy va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuviga asoslanishi kerak. Maqolada musiqiy madaniyatni rivojlantirishning samarali texnologik modellari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.

Xusan Abduraxmonov

25-28

2025-08-11

TIL VA MADANIYAT

Insoniyat taraqqiyoti davomida til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Madaniyat esa jamiyat a'zolarining hayoti, turmushi, urf-odatlari, san'ati, axloqiy mezonlari va boshqalar orqali namoyon bo ‘ladi. Ushbu maqolada til va madaniyat o ‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda o‘zaro ta'siri haqida fikr yuritiladi.

Dilfuza Latipova , Sarvinoz Nuraliyeva

53-55

2025-04-30

SUN’IY INTELLEKTNING MILLIY VIJDON VA MILLIY G‘URURGA TA’SIRI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining milliy vijdon va milliy g‘ururga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar milliy qadriyatlarni saqlash, yosh avlodda milliy o‘zlikni rivojlantirish va madaniy merosni asrash imkoniyatlarini yaratmoqda. SI ning ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohalardagi roli, shuningdek, uning olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada SI ning milliy identifikatsiyani mustahkamlashdagi ahamiyati va uning ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi zarurligi ta’kidlanadi.

XAMDAMOV ERKİN IBODULLAYEVİCH

701-704

2025-10-08

MAKTAB TA’LIMIDA JADIDLAR IJODINI O‘QITISHNING METODIKASIGA DOIR

Ushbu maqolada maktab ta’limida jadidlar ijodini o‘qitishning metodik asoslari, ayniqsa milliy qadriyatlarni tushunish kompetensiyasi bilan uyg‘un holda qo‘llanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadidlar – Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy kabi ma’rifatparvar ijodkorlarning merosi o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, tanqidiy fikrlash, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni tushunish va ijtimoiy faollikni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada o‘quvchilarning milliy qadriyatlarni tushunish kompetensiyasi doirasida o‘zlashtiradigan tarkibiy elementlar — milliy madaniyat unsurlari, milliy identitet, axloqiy-ma’naviy qarashlar, intermadaniy qiyoslash ko‘nikmalari va milliy merosga mas’uliyat hissi kabi jihatlar ilmiy-metodik asosda sharhlanadi.

Nodira Yangibayeva , Charosxon Xayitmamatova

19-22

2025-12-08

O’ZBEKISTON MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATINING, XALQARO MUNOSABATLARDAGI O’RNI

Mazkur maqolada boy ma'naviy tarixga ega o'zbek xalqining musiqiy merosi va ma'daniyati haqida bayon qilinadi. Madaniyat xalqlar birodarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi, zero madaniyat insonlarda yuksak ma’naviy sifatlarni shakllantirib o’zida milliylikni kashf etadi. Ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi zamonamiz uchun bir uyg’onish deb qabul qilinadi.

Hasan Nurullayev , Baxtiyor Azimov

86-87

2023-10-31

GLOBALLASHUVNING O‘ZBEKISTON MILLIY MADANIYATIGA TA‘SIRI

Mazkur maqola globallashuv jarayonining O‘zbekiston milliy madaniyatiga ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda milliy madaniyatning o‘ziga xos jihatlari, globallashuvning madaniyatga ijobiy va salbiy ta‘sirlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarning tarixiy rivojlanishi va bugungi globallashuv davridagi holati chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, madaniy merosni himoya qilish va zamonaviylikka moslashtirish uchun zarur strategiyalarni ishlab chiqish masalalari ham keng ko‘lamda tahlil qilinadi.

Toxirjon Shokirov, Xusnida Abdullayeva

75-78

2025-01-15

MILLIY QADRIYATLAR VA ULARNING TARJIMA JARAYONIDA SAQLANISHI

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Xususan, tarjima jarayonida milliy qadriyatlarni asliga xos tarzda yetkazish masalalari tahlil qilinadi. Mualliflar milliy madaniyat, an’ana va urf-odatlarga oid tushunchalarni boshqa tillarga tarjima qilishda duch kelinadigan lingvokulturologik muammolarni ko‘rsatib beradi hamda ularni hal etish yo‘llarini taklif qiladi. Maqola tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatshunoslik sohasi mutaxassislari uchun foydalidir.

Nigina Begmatova

103-105

2025-04-10

MILLIY NAQSH ELEMENTLARINI ZAMONAVIY KIYIM DIZAYNIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada milliy naqsh elementlarini zamonaviy kiyim dizaynida qo‘llashning nazariy, badiiy va amaliy jihatlari keng yoritiladi. Milliy bezak san’atining tarixiy shakllanish bosqichlari, naqshlarning ramziy ma’nolari hamda ularni zamonaviy moda talablari asosida qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy dizayn uyg‘unligini ta’minlashda dizaynerning ijodiy yondashuvi, innovatsion texnologiyalar va estetik, tamoyillarning o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari milliy madaniy merosni saqlagan holda zamonaviy kiyim dizaynini rivojlantirish imkoniyatlarini asoslab beradi.

Oybarchin Qilichova

12-13

2026-02-10

MAKTABDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA MILLIY MADANIYAT VA QADRIYATLARNI INTEGRATSIYA QILISH

Ushbu maqolada ingliz tili ta’limida milliy madaniyat va qadriyatlarni integratsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Mazkur mavzuning dolzarbligi, o‘quv jarayonidagi ahamiyati, o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodlar va ularning natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada o‘zbek xalqining madaniy merosini ingliz tili ta’limi orqali yosh avlod ongiga singdirishning pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Pokiza Burieva

136-138

2025-10-27

TIL VA MADANIYAT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI

Ushbu maqolada til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Til jamiyatning madaniy merosi, qadriyatlari, dunyoqarashi va urf-odatlarini aks ettiruvchi asosiy kommunikativ vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada tilning milliy mentalitetni shakllantirishdagi o‘rni, madaniy birliklarning til tizimidagi ifodalanishi, shuningdek, turli xalqlar tilidagi madaniy konseptlarning semantik jihatdan farqlanishi yoritiladi. Lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy-metodologik yondashuvlari, madaniy kodlar, milliy konseptlar va ularning til orqali namoyon bo‘lishi misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari til va madaniyatning ajralmas hodisa ekanini ko‘rsatib, ularning o‘zaro ta’siri jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligini asoslaydi.

Zilola Yigitaliyeva, Shaxzoda Mingboyeva

149-151

2026-01-13

LINGVOKULTUROLOGIYANING TILSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada lingvokulturologiya fani va uning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, til orqali milliy tafakkur va qadriyatlarning aks etishi lingvokulturologik yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu sohani shakllantirgan va rivojlantirgan yetuk olimlarning ilmiy qarashlari hamda o‘zbek tilshunosligida olib borilayotgan lingvokulturologik tadqiqotlar tahlil qilinadi. Maqolada madaniy semantika, frazeologik birliklar, milliy obrazlar kabi tushunchalarning tilshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi.

Dildora Jumaniyozova

21-23

2025-07-21

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY MADANIYAT VA QADRIYATLARNI SAQLAB QOLISHDAGI USTUVOR VAZIFALAR

maskur maqolada milliy madaniyatni rivojlantirish va saqlab qolish, yoshlarda, do‘stlik, mehmondo‘stlik, insonparvarlik, axloqiy poklik, saxiylik, xushmuomalalik, hayolilik, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, diyonatlilik, halollik, or-nomuslilik, mehnatsevarlik, o‘tmishga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi insoniy faziltlarni shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. globalizatsiya sharoitida taraqqiyotga erishish bilan birga milliy madaniyat va qadriyatlarni asrab qolish har bir jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalari yoritilgan.

Gujahon Raximova

47-50

2025-10-16

JADID ISLOHOTI MARIFAT ORQALI MILLATNI UYGʻOTGAN HARAKAT

Maqolada jadidchilik harakati va asosiy gʻoyalari maʼrifatparvarlik faoliyati yoritib berilgan. Jadidlarning marifat, ta‘lim va madaniyat sohalaridagi islohotlari jamiyat tafakkurini yangilashga qaratilgan faoliyati yoritiladi. Jadidlar harakatining asosiy maqsadi-ma‘rifat, yangi usuldagi ta’lim, ijtimoiy fikrni uygʻotish va jamiyatni yangilash orqali millat taraqqiyotiga yoʻl ochish boʻlgan. Jadidlar tomonidan olib borilgan islohotlar, ularning ta’lim, madaniyat va jamiyat ongini oʻzgartirishga qaratilgan faoliyati, shuningdek bu harakatning zamonaviy yoshlar tarbiyasi uchun ahamiyati yoritiladi. Jadidchilikning tarixiy ahamiyatini ochib berish bilan birga bugungi kunda manaviy maʼrifiy jarayonlari uchun ham muhim maʼlumotlar beriladi.

Sarvina Xolmirzayeva

92-95

2026-02-09

JADIDLARNING MA’RIFATPARVARLIK VA MILLIY UYG‘ONISH HAQIDAGI FALSAFIY G‘OYALARI

Ushbu maqola jadidlarning ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish va taraqqiyot haqidagi falsafiy g‘oyalarini bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot konsepsiyasi bilan qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqot jadidlarning ilm, tafakkur erkinligi, inson sha’ni va ma’naviy poklikni jamiyat taraqqiyotining markaziy omillari sifatida ko‘rsatganini aniqlaydi. Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston siyosati yoshlar intellektual va estetik salohiyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Maqolada komparativ tahlil, tarixiy-falsafiy yondashuv va ijtimoiy-falsafiy tahlil metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jadidlarning g‘oyalari va bugungi strategiyalar g‘oyaviy uzviylikka ega, farq faqat kontekst, institutsional daraja va global texnologiyalarni qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Shu asosda, ilm, ma’naviy va estetik tarbiya milliy taraqqiyotning asosiy omillari sifatida saqlanib qoladi.

Iqboljon Mamurov

37-39

2026-02-23

MILLIY QADRIYATLARGA ASOSLANGAN AYOLLAR TARBIYASINING OILA AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI

Maqolada milliy qadriyatlarimiz,ular asosida tarbiyalangan ayol-qizlarimizning o’zbek oilalaridagi o’rni shuningdek  oilada milliy qadriyatlarni va axloqiy madaniyatni shakllantirishdagi ayol-qizlar ahamiyati,yosh avlod tarbiyasidek mas’uliyatli jarayondagi ayollarning va tarbiyali qizlarning tutgan o’rni  haqida so’z boradi.

Xadichaxon Mamasoliyeva

88-90

2025-11-18

SIYOSIY NUTQLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI

Ushbu maqolada siyosiy nutqlarni lingvistik va madaniy jihatdan tadqiq qilish yoritilgan bo‘lib, unda siyosiy nutqlarning milliy madaniyat, qadriyatlar va madaniy kodlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Siyosiy nutqlar milliy va xalqaro darajadagi g‘oya va maqsadlarni ommaga yetkazishda kuchli vosita sanaladi. Shuningdek, ular milliy identifikatsiya va ijtimoiy birdamlikni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Maqola davomida madaniy kodlarning siyosiy kommunikatsiyadagi o‘rni, turli madaniy qatlamlarning ahamiyati hamda ular orqali siyosiy maqsadlarga erishish yo‘llari chuqur tahlil qilingan.

Bexzod To’ramirzayev

113-116

2024-11-08

MADANIY MA’RIFIY ISHLARNI TASHKILLASHDA REPERTUAR TANLASH

Mazkur maqolada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishda repertuar tanlash jarayonining ahamiyati, mezonlari va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Repertuar tanlash jarayoni madaniyat xodimlari, san’at rahbarlari hamda ijodkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada repertuar mazmunining milliy qadriyatlar, yosh xususiyatlari va estetik talablarga muvofiqligi, shuningdek, auditoriyaning ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi tahlil qilingan.

SH. Baratov

43-46

2025-11-10

O‘ZBEK MILLIY MENTALITETI, ETNOPSIXOLOGIK QADRIYATLAR VA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHNING XALQIMIZ HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqola hozirgi kunda turli madaniy muhitlarda xulq-atvor va mentalitetning psixologik jihatlarini o'rganadi. U ijtimoiy-madaniy farqlar kontekstida psixologik jarayonlarni tushunish, tahlil qilish va tadqiq qilishga qaratilgan. Etnopsixologiyani ijtimoiy psixologiya doirasida oʻrganish madaniyat va inson psixikasining oʻzaro taʼsirini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Ushbu fan madaniy, etnik va ijtimoiy omillar shaxsning shakllanishiga, uning psixologik xususiyatlariga, e'tiqodlariga, qadriyatlariga va xulq-atvor normalariga qanday ta'sir qilishini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiya doirasida etnopsixologiyaning maqsadi turli madaniy kontekstlarda inson psixikasini tushunishga kompleks yondashuvni yaratishdan iborat. U madaniyat va individual psixologik xususiyatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish, inson ruhiyati va xatti-harakatlaridagi ijtimoiy, etnik va madaniy farqlarni chuqur tushunishga yordam beradigan vositalarni taqdim etadi.

Bobir Avlaqulov, Avazjon Avlaqulov, Xayrulla Sattorov

346-349

2024-07-31

KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY MANZARASI TUSHUNCHASI

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari, jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari, ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

Iroda Ibragimova

111-114

2024-10-14

MADANIY MA’RIFIY ISHLARNI TASHKILLASHDA REPERTUAR TANLASH

Mazkur maqolada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishda repertuar tanlash jarayonining ahamiyati, mezonlari va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Repertuar tanlash jarayoni madaniyat xodimlari, san’at rahbarlari hamda ijodkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada repertuar mazmunining milliy qadriyatlar, yosh xususiyatlari va estetik talablarga muvofiqligi, shuningdek, auditoriyaning ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi tahlil qilingan.

SH. Baratov

37-40

2025-11-14

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MILLIY VA MUMTOZ MUSIQAGA BO‘LGAN MUNOSABATLAR TAHLILI

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatimiz va san’atimizni  rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan qonun, meyoriy-huquqiy hujjatlar, milliy va mumtoz musiqadagi o’zgarishlar haqida to’liq ma’lumot berilgan.

Elmurod Tajiboyev

125-128

2022-11-25

MADANIY GLOBALLASHUV MUAMMOLARI VA MILLIY QADRIYATLARNI SAQLASH XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari va muammolari, milliy qadriyatlar va ularning asl mohiyatini saqlash bo’yicha bir qator tahliliy mulohazali fikrlar bayon etilgan.

Zubayda Yuldasheva

12-15

2022-07-05

##navigation.items## 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy