Ushbu maqolada tibbiyot talabalari orasida milliy g‘oya va tarixiy tafakkurni rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlarining o‘rni va ta’sirchanligi ilmiy asoslangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida case-study, munozara, rol o‘ynash, aqliy hujum kabi zamonaviy metodlar qo‘llanilib, talabalarning bilim, ijtimoiy faollik va kasbiy motivatsiya darajalari o‘zgarishi kuzatildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol yondashuv milliy qadriyatlarni anglash, tarixiy jarayonlarga tanqidiy fikr bilan qarash, vatanparvarlik ruhini oshirish hamda kelajak shifokorlarining kasbiy mas’uliyatini shakllantirishda samaralidir. Maqola tibbiy ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotning innovatsion shakllarini keng tatbiq etish zaruriyatini asoslab beradi.