Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

SUG‘ORISH TARTIBLARINING LOVIYANI QURUQ MODDA TO‘PLASHIGA TA’SIRI

maqolada Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘orish tartiblarining oddiy loviya navlarini quruq modda to‘plashiga ta’siri o‘ganildi. Sug‘orish tartiblarini o‘simlikning quruq modda to‘plashiga ta’siri o’rganildi. Vegatatsiya davri davomida Mahsuldor navida Ravot naviga nisbatan ko‘proq quruq modda to‘plashi kuzatildi.

Gulshoda Otayarova , Nilufar Ravshanova , Mehribon Boltayeva , Zuhra Masharipova , Mashhura Mamatova

110-113

2025-04-16

TOPINAMBUR O’SIMLIGINING AYRIM KIMYOVIY XOSSALARINING TAHLILLARI HAQIDA

Nooorganik kimyoda birikmalarning  modda va uning xossalarini invariantli tavsifi quyidagi subinvariantli komponentlar: moddaning tarkibi, tasniflanish, nomlanish tartibi, modda   tuzilishining turli darajadagi ko‘rinishi, fizikaviy (fizikaviy-kimyoviy) xossalari, termodinamik xossalari, kimyoviy xossalari (reaksiyaviylik xususiyatlari, muvozanat va kinetika), fiziologik, toksikologik va biologik ta’sirlari, olinish usullari (laboratoriya va sanoatda), muhim qo‘llanilish sohalari haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Modda va uning kimyoviy xossalarini tavsif etishdagi har bir komponent o‘z navbatida murakkab kichik tizim, ya’ni subinvariantlardan iborat bo‘ladi[1].

Kamola Shukurova , E’zoza Xolboboyeva

99-103

2023-06-30

O‘RTAKI OQBOSH KARAM O‘SIMLIGINING TARKIBIDAGI NITRAT VA QURUQ MODDA MIQDORIGA BIOPREPARAT, ORGANIK VA MINERAL O‘G‘ITLARNI ME’YOR VA MUDDATLARNING TA’SIRI

Ushbu maqolada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘rtaki oqbosh karam o‘simligiga qo‘llanilgan organik, mineral va biopreparatlarni me’yor va muddatlariga bog‘liq holda ularni tarkibida quruq modda va nitrat miqdori bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

M.I. Imomaliyev

115-118

2025-09-30

FARMASEVTIKA TEXNOLOGIYASIDA-EKSTRAKTLAR TURLARI

Zamonaviy farmasevtik texnologiyada tabiiy dorivor o‘simliklardan olingan ekstraktlar muhim o‘rin tutadi. Ekstraktlar — o‘simlik to‘qimalaridan organik eritkich yordamida ajratilgan, tarkibida ko‘p bioaktiv modda saqlovchi konsentrat shaklidagi moddalardir. Ularning farmatsevtik mahsulotlarda qo‘llanilishi — dori vositalarning samaradorligini oshirish, yon ta’sirlarni kamaytirish va yangi dorivor formulalarni yaratishda muhim manbadir. Ekstraktlar ishlatilishining bir qancha afzalliklari bor: ular tabiiy komponentlardan iborat bo‘lishi, ko‘p bioaktiv guruhlarni o‘z ichiga olishi (fitokimyoviy modda sinergetik ta’siri), shuningdek, formulalarda qo‘shimcha yordamchi vositalar sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, ekstraktlar bilan ishlashda stabilik, fenolik oksidlanish, mikrobiologik tozaligi va sifat nazorati kabi muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada ekstraktlarning turlari, ekstraksiya usullari, farmatsevtika mahsulotlarida qo‘llanilishi, qiyinchiliklari va sifat nazorati masalalari tahlil qilinadi. Maqola farmatsevtik texnologiya fani doirasida yozilgan bo‘lib, farmatsevtika fakulteti talabalari va sohadagi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi maqsad qilingan.

Umida Kocherova

70-72

2025-09-26

KUKUN MAHSULOTLARINI TAYYORLASHDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR

Ushbu maqolada poroshok (kukun) dorivor shaklini tayyorlash texnologiyasi tushuntiriladi. Dorivor modda va yordamchi moddalar tanlovi, maydalash, aralashtirish, poroshok sifatini nazorat qilish mezonlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida poroshok tayyorlashdagi muammolar va ularni yechish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola studentlar va farmatsevt texnologlari uchun foydali bo‘lishi mo‘ljallangan.

Umida Kocherova

136-137

2025-09-26

BOSH MIYA METASTAZLARIDA QON TOMIRLARIDA KECHADIGAN O`ZGARISHLARNI KOMPYUTER TOMOGRAFIYA VA MAGNIT REZONANS TOMOGRAFIYA ORQALI TASHXISLASH DOLZARBLIGI

Bosh miya o`smalari va metastazlarda atipik hujayralar bosh miyaning ishlashini buzadi va undagi qon tomirlariga jiddiy zarar etkazadi. Natijada, bemorlarning ahvoli nafaqat o'simta yoki metastaz va uning asoratlari tufayli  yomonlashadi. Shu sababli, miya metastazlari natijasida kelib chiqadigan qon tomir o'zgarishlarini erta tashxislash va aniq prognoz qilish ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifati va klinik natijalarini yaxshilash uchun juda muhim hisoblanadi. MRT va MSKT yuqori sezuvchanlik, aniqlik va mavjudlik tufayli miya o`simtalari tashxisida samarali hisoblanadi. Miyaning qon tomirlari haqida to'liq ma'lumotni kontrast  modda yuborib tekshirish usullari yordamida olish mumkin. Ushbu ma'lumotdan foydalanib, nafaqat bemorlarning hozirgi holati baholanadi, balki ularni davolash taktikasi ham rejalashtirilgan. O'z navbatida, aniq tashxis qo'yish va unga asoslangan to'g'ri davolash taktikasi miya shishi va metastazlari bo'lgan bemorlarda o'limning yordam beradi. Bu dolzarb muammolaridan biridir.

Behruz Nasriddinov

96-99

2025-06-19

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMATSEVTIKA BOZORIDA BALG’AM KO’CHIRUVCHI DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAXLILI

Balg’am ajralishi bu yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi natijasida Bronx devorlarida shilliq modda ajralishi bilan kechadigan holat. Shuningdek balg’am ajralishi ko’pgina nafas yo’li kasalliklarining yonaki belgisi ham xisoblanib organizmda himoya funksiyasini ham bajaradi, yani organizmdagi yot moddalarni balg’am orqali chiqarib tashlanishini ta’minlaydi. Lekn doim ham balg’am ajralishgi kutilgandek sodr bo’lmaydi, boshqa so’z bilan tushuntiriladigan bo’lsa, balg’am quyuq va yopishqoq bo’lishi uni Bronx devorlaridan ajralib chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Bunday holatlarda balg’amchi suyultiruvchi va yopishqoqligini kamaytiruvchi dori vositalaridan foydalaniladi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Farmatsevtika bozorida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan va horijiy davlatlardan import qilib keltirilgan bal’gam ko’chiruvchi xususiyatga ega bo’lgan dori vositalarining tahlili ushbu maqolada keltiriladi. Tahlil dori vositalarining ta’sir etuvchisining kelib chiqishi, qanday dori shaklida chiqarilganligi, ishlab chiqaruvchi korxonasi va qanday xalqaro nom ostida ishlab chiqarilganligi bo’yicha amalga oshirildi. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan balg’am ko’chiruvchi dori vositalaririning 40% yaqini qiyom shaklida ishlab chiqarilar ekan, shuningdek o’simlik xom ashyosi asosida tayyorlangan dori vositalarining aksariyati gulxayri va shirinmiya o’simligi asosida olinganligi ma’lum bo’ldi. Balg’am ko’chiruvchi dori vositalarining horijdan kewltirilganini esa aksariyati Hindiston davlatidan olib kelinganligi aniqlandi. Hamda O’zbekiston Respublikasi dori vositalari Reesteri asosida 3 yillik ma’lumotlar ustida izlanish olib borilishi natijasida balg’am ko’chiruvchi vositalar eritma ko’rinishida ishlab chiqarish ko’rsatkichi 20% dan 27% ga oshgani aniqlandi.

Gulnora Raximova , Jamila Dusmetova, Oygul Raximova

178-188

2024-06-24

METIL ASETAT ISHLAB CHIQARISHDA QO‘LLANILADIGAN ZARARLI MODDALAR XUSUSIYATLARI

Metil asetat (CH₃COOCH₃) – bu organik erituvchi bo'lib, kimyo sanoati, bo‘yoqlar, lentalar va plastmassa ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. U tez bug'lanadigan, oson yonadigan va zararli ta'sirlarga ega modda hisoblanadi. Ushbu moddaning yuqori konsentratsiyasi nafas olish tizimiga, teriga va ko'zlarga zarar yetkazishi mumkin. Metil asetatning bug'lari inhalatsiya qilinsa, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, yo'talish kabi simptomlarga olib keladi. Shuningdek, bu modda atrof-muhitga zarar yetkazishi, suv va tuproqni ifloslantirishi mumkin. Ishlatishda xavfsizligini ta'minlash uchun yong'inga qarshi choralar, himoya kiyimlari va toza havoni ta'minlovchi ventilyatsiya tizimlari zarur. Metil asetat bilan ishlashda ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilish zarur.

Muxabbat Xatamova , Behruzjon Omanov, Komiljon Vafoqulov

91-93

2024-12-31

BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARINING FUNKSIONAL ASSIMETRIYASINI TASHXIS QO‘YISHDA AHAMIYATI

Bosh miya o'ng va chap katta yarimsharlardan iborat. Bu yarim sharlarning har birida tashqi kulrang modda, bosh miya po‘stlog‘i, uning ostida esa ichki oq modda qavati bor.Yarimsharlar oldingi komissiya, orqa komissura kabi kichikroq komissuralar  va forniks (gumbaz) yordamida ham bog'lanadi va bu komissuralar mahalliy funktsiyalarni koordinatsiya qilish uchun ikkala yarimshardagi axborotlar almashinuvini ta'minlaydi.

Faxriddin Umarov , Baxrom Toʻxtarov, Dilbek Xoliqov

92-97

2024-02-29

TIRIK ORGANIZMLARDA GALOGENLARNING BIOLOGIK AHAMIYATI

Xlor va brom. Xlor organizmga asosan natriy xlorid tuzi holatida qabul qilinib, deyarli shunday holatda organizmga tarqalganligi sababli xlorning modda almashinuvini natriyning modda almashinuvisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Maʼlum bir miqdorda xlor organizmda kalsiyli, kaliyli va magniyli xloridlar holatida ham hujayra va biologik suyuqliklar tarkibida tarqalgandir. Xloridlar ko‘p miqdorda teri tarkibida va oz miqdorda muskul toʻqimalari, suyakda va jigarda uchraydi.

Diyora Toychiyeva

14-15

2022-08-06

SHLAM TARKIBIDAGI FOYDALI KOMPONENTLARNI AJRATISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Shlam — ya’ni suvsizlantirilmagan, yarim suyuq yoki yarim qattiq holatda bo‘lgan chiqindi modda — koʻp hollarda sanoat, neft-gaz, kommunal va chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarida yuzaga keladi. Bunda shlam tarkibida organik moddalar, metall ionlari, fosfor, kiyim-kudurga o‘tgan yog‘lar, barqaror va noo‘rin birikmalar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, chiqindi shlamlarida fosfor 0,5-2,5 % atrofida bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. discovery.ucl.ac.uk+2PubMed+2

Dilnoza Abdullayeva

115-118

2025-11-30

DEKSAMETAZON IN’YEKSION DORI VOSITASINI CHINLIGINI YUQX USULIDA ANIQLASH

Deksametazon, 9α-ftor-11β 17α-21trioksi, 16α-metilpregna-1,4 diyen-3.20-dion bo’lib, oq yoki sarg'imtir kristall kukun modda. Biroz tahir mazali, hidsiz, suvda erimaydi, 42 qism 95% li spirtda 165 qism xloroformda eriydi, efirda yaxshi eriydi, 2550 C haroratda suyuqlanib, parchalanadi. Uning bir sutkalik dozasi 0,002-0,003 g miqdorda qabul qilinadi. Deksametazon tabletka holida 0,0005 (0,5 mg) chiqariladi. Kattalar uchun bir sutkali dozasi 0,002-0,003 (2-3 mg), bemor og'ir ahvolda bo’lganda 0,004-0,01 (4-10 mg) miqdorida tavsiya etiladi.

Mohijaxon Sobirova, Zuxra Xoliqova

84-85

2024-06-26

GLIKOZID ASOSIDAGI TABLETKALAR TEXNOKLOGIYASIDA TO'G'RIDAN-TO'G'RI PRESSLASH USULI

Ushbu xabarda texnologik jarayon usulini tanlash bo'yicha o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlar to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. GF XI tomonidan individual va kombinatsiyalarda tavsiya etilgan turli xil yordamchi moddalar ishlatilgan. To'g'ridan-to'g'ri preslash orqali olingan tabletkalar GF XI talablariga javob bermadi. Maqsadga erishish uchun biz nam granulyatsiya usulidan foydalanishga qaror qildik.

M.A. Tashmatova , X.M. Yunusova

224-225

2024-02-19

BIOLOGIK MEMBRANALAR HAQIDA TUSHUNCHA. BIOLOGIK MEMBRANALARNING VAZIFASI HAMDA AHAMIYATI

Biologik membrana hujayraning muhim funksional birligi hisoblanadi. Umuman olganda membrana funksiyasining buzilishi organizmda normal funksiyalarni buzilishiga olib keladi. Membrananing tarkibiy qismi bo’lgan uglevod, oqsil, lipidlar har biri o’ziga xos vazifaga egadir. Bularning miqdoriy o’zgarishi ham membrana faoliyatining buzilishiga olib keladi. Tanlab o’tkazish funksiyasi ham membrananing eng muhim vazifasi bo’lib, nafaqat hujayra balki butun organizmning eng muhim xususiyatlardan biridir. Mana shu birgina kichik bir membrananing o’zgarishi butun boshli organizmga o’z ta’sirini o’tkazadi. Membranadagi o’zgarishlarni asosan radikallar keltirib chiqaradi. Ushbu o’zgarishlarni oldini olish uchun maxsus modda antidioksidantlardan foydalaniladi.

Javodbek Asfandiyorov , Nurillo Fozilov, Davronbek Tojiddinov , Xikmatillo Sultonmirzayev , Ma’ruf Abdivaxidov

4-6

2022-10-01

TO‘QIMALARNING QO‘ZG‘ALUVCHANLIGI VA BIOELEKTRIK JARAYONLARNING FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu ilmiy ish tirik organizm to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini va ularning fiziologik mexanizmlarini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada nerv, mushak va bez to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi, ularning tashqi va ichki ta’sirotlarga javob berish mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Qo‘zg‘alish jarayonida hujayralarda modda va energiya almashinuvi kuchayishi, kislorod sarfining ortishi hamda karbonat angidrid va issiqlik ajralishining ko‘payishi ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, hujayra membranasida yuzaga keladigan bioelektrik hodisalar  tinchlik potensiali va harakat potensialining shakllanishi, ion asimmetriyasi hamda natriy va kaliy ionlarining membrana orqali harakati yoritib berilgan. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi, uning qisqa vaqt ichida yuzaga kelishi va fiziologik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, qo‘zg‘aluvchanlikni baholash mezonlari bo‘lgan reobaza va xronaksiyaning nazariy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan. Absolyut refrakterlik holati va uning yurak faoliyatidagi namoyon bo‘lishi misolida qo‘zg‘aluvchanlikning fiziologik cheklanishlari tahlil qilingan.

Shaxnoza Ibragimova

4-8

2026-02-06

OSMOS HODISASI. OSMOTIK BOSIM VA UNING TIBBIYOTGA TATBIQ ETILISHI

Maqolada osmos hodisasi, osmotik bosimni hosil bo’lishi nazariy tushuntirilgan. Osmotik bosimni odam organizmidagi ahamiyati tushintirilib tushuntirib jumladan turli dorivorlarni organizm qon tomirlari orqali kiritishdagi o’rni oziq - ovqatlarni oshqozon ichak tizimida so’rilishidagi axamiyati to’qimalarda modda almashishidagi roli tushintirilgan. Qonning osmotik bosimni o’zgarishi organizmda patologik jarayonlar sodir bo’layotganligi aniqlangan.

Muxidin Jalilov , Shoira Xudoykulova, Shaxriyor Abduraxmonov

131-134

2024-11-30

FARG’ONA VODIYSI O’SIMLIKLARNING XILMA-XILLIGI VA UNI ASRASH

Farg’ona vodiysi tabiati o’ziga xos bo’lib o’simliklar olami aloxida axamiyatga ega vodiyda 97 oilaga mansub 717 turkum,2625 turdan ko’pchiligi foydali o’simliklardir. Ular orasida oziq-ovqat, dori-darmon,kiyim-kechak, turar joy uchun  qurilish materiali,efir moyi, bo’yoq, asal, oshlovchi modda beruvchi, sanoat uchun xom-ashyo yetkazib beradigan o’simliklar ko’plab uchraydi. Lekin ulardan foydalanishni talab darajasida deb bo’lmaydi.

Sh.M Xalmatova

41-42

2023-06-20

KUYISH TURLARI VA ULARNI DAVOLASH

Ushbu maqola kuyish hodisasi, uning sabablari, turlari va belgilari haqida batafsil ma’lumot beradi. Kuyish jarohatlari ko‘p hollarda teri va osti to‘qimalarining yuqori harorat, kimyoviy modda yoki elektr toki ta’sirida shikastlanishi bilan yuzaga keladi. Maqolada kuyishning yengil, o‘rta va og‘ir darajalari, shuningdek, ularni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish usullari yoritilgan. Bundan tashqari, kuyishni oldini olish choralariga urg‘u berilib, zararlangan joylarni davolash va tiklash bo‘yicha samarali amaliy tavsiyalar berilgan. Maqola kuyish jarohatlarining asoratlarini kamaytirish va insonlar sog‘lig‘ini saqlashda muhim qo‘llanma vazifasini bajaradi.

Sevinch Yusupova , Mohichehra Bahodirova

64-67

2025-10-09

TUZLAR XAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy NH4+; fosfoniy PH4+; gidroksoniy  H3O+ kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi.

B.B. Otaxonov , D.S. Kurbanova

85-87

2024-04-29

KIMYONING TARIXI

Ushbu maqolada kimyo fanining tarixi, rivojlanishi va bugungi kundagi xolati haqida so’z boradi.

Aliya Djahshilikovna Sarimsakova

369-372

2022-03-07

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI KIMYODAN MASALALAR YECHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada kimyodan masalalar yechishning kimyo o’qitishdagi ahamiyati, kimyodan masalalar taxlili, kimyodan masalalar yechish fanlararo bog’lanish, kimyo darslarida masala yechishdan foydalanish, kimyodan masala yechish yordamida bilim va ko’nikmalarni umumlashtirish va rivojlantirish, shuningdek kimyodan masalalar yechishning usullari keltirilgan.

O Tursunmuratov, N Abdumajidova

384-386

2025-01-10

KIVI MEVALARINI TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI

Maqolada kivi o‘simligining tarkibidagi mikroelementlar, mineral moddalar va ularning ozuqaviylik qiymati bilan birgalikda ularning inson organizmi uchun foydali jihatlari va undagi  turli kasalliklarga shifobaxsh xususiyatlari o‘rganib chiqilgan.

Obidjon Sattorov , Zebiniso Mustafoyeva

28-31

2023-10-13

AYOLLARGA QARSHI ZO‘RAVONLIK: HUQUQIY HIMOYA VA DAVLAT QO‘LLAB-QUVVATLASHI

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ayollarga qarshi zo‘ravonlikning turli shakllari tahlil qilinadi, ularni huquqiy himoya qilishda amalda qoʻllanilayotgan normativ-huquqiy bazalar, shuningdek davlat tomonidan berilayotgan ko‘mak mexanizmlari yoritiladi. Yangi qabul qilingan qonunchilikdagi modda o‘zgarishlari — jumladan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, “himoya orderi” va stalkinga qarshi choralar — ham muhokama qilinadi.

Zahro Raxmatova

58-60

2025-11-26

LIPOY KISLOTANING Cd (II) TUZLARI ASOSIDA KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, saraton bilan kasallangan dunyo aholisi soni 2023-yilga kelib, 19,5 mln kishini tashkil etmoqda hamda 2040-yilga kelib bu ko’rsatkich 50,7% ga oshib, 29,4 mln nafarga yetishi tahmin qilinmoqda. Hozirgi kunda tibbiyotda, xususan kimyoterapiyada keng qo’llaniloyotgan hamda yuqori samaradorlikka ega usullardan biri metallokomplekslar asosida olingan dori vositalari yordamida saratonga qarshi kurashishdir. Shu borada kadmiyning zaharliligini komplekslar sintez qilish orqali kamaytirish hamda bu o’rinda lipoy kislotaning metal ionlarini xelatlash xossasidan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Biologik faol modda bo’lgan α-lipoy kislota ishtirokida kadmiy kompleks birikmalari sintezi amalga oshirish shular jumlasidandir. Mazkur ishda Cd (II) tuzlari va α-lipoy kislota bilan olingan kompleks birikma biologik faolligi aniqlandi.

F.R. Jumabayev , S.A. Pardaboyeva , M.D. Orifjonova , A.T. Sharipov

256-257

2024-02-19

JIGARNING GEPATOZ, GEPATIT VA SEROZDAGI O‘ZGARISHLARI

Jigar organizmdagi eng muhim parenximatoz a’zolardan biri bo‘lib, uning tuzilmasi va funksiyasidagi buzilishlar butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada jigarning uch asosiy patologik holati – gepatoz, gepatit va jigar sirrozi paytida yuzaga keladigan morfologik va funksional o‘zgarishlar yoritib berilgan. Gepatoz – jigarda yog‘ to‘planishi yoki boshqa modda almashinuvi buzilishi natijasida yuzaga keladi, bunda jigar hajmi kattalashadi, hujayralar to‘qimalari yog‘ bilan to‘yinadi. Gepatit – virusli yoki toksik agentlar ta’sirida rivojlanadigan yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, jigar hujayralarining nekrozi, yallig‘lanish infiltratsiyasi va funksional yetishmovchilik bilan kechadi. Sirroz – jigar to‘qimasining chuqur strukturaviy qayta tuzilishiga olib keluvchi surunkali jarayon bo‘lib, bunda mezenximal-hujayraviy regeneratsiya buziladi, fibroz to‘qimalar ortadi va tugunli regeneratsiya kuzatiladi. Maqolada bu uch holatdagi o‘zgarishlarning klinik belgilari, diagnostik mezonlari hamda patologik anatomik ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, har bir holatda gigiyenik, farmakologik va terapevtik yondashuvlar muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot jigar kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Asilbek Isroilov , Mumtoza Akramova

63-65

2025-05-31

1 - 25 of 84 items 1 2 3 4 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy