Jamiyatning asosiy soha tо‘rt sohasi mavjud bо‘lib, bular ichida ijtimoiy soha jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil sanaladi. Shu boisdan ham tadqiqotning maqsadi sifatida ijtimoiy soha taraqqiyotini ta’minlashga doir paradigmalar tanlanib, bunda uning jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy xususiyatlari va qonuniyatlari ochib berilgan. Ijtimoiy sohaga doir bir qator paradigmalar kо‘rsatilib, inson farovon hayotini ta’minlovchi ijtimoiy qadriyat sifatida bayon etilgan.
2024-07-31