Ushbu maqolada ta’lim jarayonida musiqa va psixologiya uyg‘unligining shaxs rivojlanishi va psixologik barqarorligiga ta’siri yoritiladi. Musiqa inson emotsional dunyosini boshqarish, stressni kamaytirish, fikrlash faoliyatini faollashtirish hamda motivatsiyani kuchaytirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Psixologiya esa shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda asosiy ilmiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada yoshlar ta’limi va ma’naviy rivojiga doir Prezident qarorlariga tayanilgan holda shaxsni optimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi.
2025-12-08