Tazkira arabcha “zikr” so’zidan olingan bo’lib, estalik daftari ma’nosini anglatadi. Tazkiraning mavzu doirasi keng bo’lib,unda asotiriy va tarixiy voqealar, shaxslar, falsafiy qarash va nafis san’at, adabiyot hamda she’riyatga mansub shaxslar haqida so’z yuritiladi. Shu jihatdan tazkiralar sohalarga bo’linib, tarix, falsafa, san’at va adabiyotga doir tazkiralar mavjud. Jumladan, “Tazkirai Muqimxoniy” (tarixga oid), “Tazkirat ul- avliyo” (falsafa ahli- mutasavvuflarga oid), “Tazkirat ush-shuaro” (shoirlarga oid), “Tazkirai xattoton” (xattotlarga oid) va boshqalar.